3 yanvar kuni tongga yaqin Venesuela poytaxti Karakas va uning atrofidagi hududlar AQŞ qurolli kuçlari tomonidan amalga oşirilgan kuçli havo zarbalari ostida qoldi.

Guvohlarning sözlariga köra, Karakasning turli nuqtalarida kuçli portlaş ovozlari eşitilgan, bu vaqtda şahar osmonida harbiy samolyotlar uçib yurgan. Şaharning katta qismi elektr ta’minotidan uzilgan.

Oradan köp vaqt ötmay AQŞ prezidenti Donald Tramp özining Truth Social tarmoğidagi sahifasida Venesuela yetakçisi Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qölga olingani hamda mamlakatdan olib çiqib ketilganini e’lon qildi.

Vaşingtondagilar Maduroga qarşi «narkoterrorizm», kokain kontrabandasi va AQŞga qarşi işlatiş maqsadida qurol saqlaş kabi rasmiy ayblovlarni ilgari surdi.

Ayni vaqtda Maduro va rafiqasi Nyu Yorkka olib kelingan va tergov izolyatoriga joylaştirilgan. Ular duşanba kuniyoq sud qilinişi mumkin.

Quyida Amerika zarbalari va Nikolas Maduro hokimiyatdan ağdarilgaç, Venesuelada nimalar bölayotgani aks etgan fotosuratlar keltiriladi.

Karakasdagi Fuerte-Tiuna harbiy bazasida Amerika hujumidan keyingi vaziyat. 2026 yil 3 yanvar
Matias Delacroix / AP / Scanpix / LETA
 Amerika aviatsiyasining 3 yanvarga ötar keçasi yöllagan zarbalaridan keyin Fuerte-Tiuna harbiy bazasida kötarilgan tutun
Matias Delacroix / AP / Scanpix / LETA
Karakasda 24 soat davomida işlaydigan dorixona oldida navbat
Maxwell Briceno / Reuters / Scanpix / LETA
Venesuela milliy gvardiyasi jangçisi Karakasdagi Fuerte-Tiuna harbiy bazasi hududida
Federico Parra / AFP / Scanpix / LETA