3 yanvarga ötar keçasi AQŞ tomonidan Venesuelada ötkazilgan harbiy amaliyot oqibatida tinç aholi va harbiy xizmatçilar orasida kamida 40 kişi halok bölgan. Bu haqda The New York Times naşri mahalliy yuqori martabali mulozimlardan biriga asoslanib xabar tarqatdi.

Gazeta öz materialida amerikaliklarning Karakas böylab zarbasi va Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qölga olinişi böyiça ayrim tafsilotlarni keltirgan.

Pentagon rasmiylariga köra, missiyaga 150 dan ortiq harbiy samolyot, jumladan, qiruvçi va bombardimonçi samolyotlar jalb etilgan. Hujum boşlanganida ular AQŞ harbiy dengiz kuçlarining kemalaridan va boşqa turli harbiy bazalardan havoga kötarilgan.

Uşbu amaliyot kiberhujum bilan boşlangan, buning natijasida Karakasning katta qismida elektr ta’minoti öçirilgan. Bu esa samolyotlarga şaharga sezdirmay yaqinlaşiş imkonini bergan.

Aviatsiya poytaxt böylab davomli zarbalar yöllagan. AQŞ prezidenti ma’muriyati vakilining ma’lum qilişiça,, asosan radiolokatsiya qurilmalari va radiouzatiş minoralari işdan çiqarilgan.

Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores «Delta Fors» guruhi jangçilari tomonidan qölga olingan – bu AQŞ qurolli kuçlarning maxsus vazifalarni bajaruvçi elita bölinmasi hisoblanadi. Qölga oliş amaliyotini ular Maduro qarorgohining Kentukkida qurilgan nusxasida repetitsiya qilişgan. Venesuela prezidentining sönggi bir neça oydagi harakatlari böyiça ma’lumotlar Markaziy razvedka boşqarmasining Karakasda işlagan agentlari tomonidan töplangan.

Karakasdagi harbiy amaliyot oldidan AQŞ bir neça oy mobaynida Karib dengizi havzasida dengiz kampaniyasi olib borib, önlab kemalarga hujum uyuştirdi. Tramp ma’muriyatidagilar bu kemalarda venesuelaliklar AQŞga giyohvand moddalar taşiganini ma’lum qilgan. OAV hisoblaşiça, bu hujumlar oqibatida kamida 115 kişi öldirilgan.