Ukraina uruşi Rossiya–Xitoy munosabatlarini tubdan qayta şakllantirdi. Tahlilçilarga köra Pekin-Moskva örtasidagi “aka va uka” roli özgargan. Ukraina uruşi “ajdar va ayiq” örtasidagi muvozanatini tubdan özgartirdi va teng şeriklik haqidagi tasavvurlarni qayta körib çiqişga majbur qildi. Xöş hamkorlik strategik ittifoqqa aylanadimi yoki vaqtinçalik, manfaatlarga asoslanib qoladimi?

Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Ukraina uruşi fonida Rossiya-Xitoy munosabatlarini tahlil qildi.

Rossiya-Xitoy şerikligi qançalik özi mustahkam, Ukrainadagi uruşdan keyin ham munosabatlar şu darajada saqlanib qoladimi?

Kamoliddin Rabbimov: Savolga javob berişdan avval qisqaça tarixiy kontekstga töxtaliş muhim. 1998–1999-yillarda, Yevgeniy Primakov Rossiya boş vaziri bölgan davrda, AQŞ va NATO kuçlari sobiq Yugoslaviyani bombardimon qilgan edi. Öşa paytda Primakov AQŞga, Bill Klinton bilan muzokaralar ötkaziş uçun uçib ketayotgan bölsa-da, bombardimon boşlanganidan söng samolyotini yarim yöldan ortga burib, Moskvaga qaytgan. Şundan keyin u Xitoy va Hindistonga murojaat qilib, AQŞga qarşi keng kölamli ittifoq tuzişni taklif qilgan. Biroq öşa vaqtda Xitoy bunday taşabbusni rad etgan. Pekin rasmiylari neytral taşqi siyosat yuritayotganini va AQŞ bilan oçiq qarama-qarşilikka kiriş niyatida emasligini aniq bildirgan edi. Ya’ni, öşa davrda Xitoy Rossiya taklif qilgan konfrontatsion yöldan ongli ravişda çetga çiqqan. Şundan beri vaziyat tubdan özgardi. Bugun Rossiya va Xitoyni birlaştirib turgan asosiy omil — bu kollektiv Ğarb, avvalo AQŞning global ustunligiga qarşi umumiy pozitsiya. Moskva va Pekinda birdek tuşunça mavjud: AQŞning mutlaq ustunligi zaiflaşmayapti, biroq dunyo miqyosidagi nisbiy uluşi qisqarib bormoqda, çunki boşqa markazlar tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Buni raqamlar ham tasdiqlaydi. Ikkinçi jahon uruşidan söng, 1945-yilda AQŞ dunyo yalpi içki mahsulotining qariyb 45 foizini taşkil etgan. Bugungi kunda bu körsatkiç taxminan 15 foizga tuşgan. Xitoy esa global YaIMning qariyb 18 foizini egallab turibdi. Jahon miqyosida 3 foizlik farq ham juda katta strategik ahamiyatga ega. Rossiya va Xitoy örtasidagi yaqinlaşuvni strategik ittifoq deb emas, balki vaqtinçalik va manfaatlarga asoslangan taktik hamkorlik sifatida baholaş töğriroq böladi. Ularning umumiy maqsadi — Ğarbning içki jipsligini zaiflaştiriş va AQŞ yetakçiligidagi global tartibni bosqiçma-bosqiç muvozanatlaştiriş. Bu aniq reja emas, balki uzoq muddatli konseptual yönalişdir. Donald Trampning hokimiyatga kelişi bu jarayonni tezlaştirdi. NATO içida psixologik va siyosiy işonç susaydi. Bugun Ğarb ekspertlari ham savol qöymoqda: agar Rossiya Boltiqböyi davlatlariga hujum qilsa, Tramp NATOning beşinçi moddasini işga soladimi yoki yöqmi? Trampning “Yevropa öz xavfsizligini özi ta’minlaşi kerak” degan pozitsiyasi alyans içidagi noaniqlikni kuçaytirdi. Şu nuqtai nazardan qaraganda, Pekin va Moskva bugun qulay fursatni kutmoqda. AQŞ içki va taşqi jihatdan çalğigan bir paytda, ular Ğarbning ta’sir doirasini asta-sekin qisqartirişga urinmoqda. Şu sababli, Trampning “Rossiya Xitoy bilan böladigan ehtimoliy mojaroda neytral qolişi kerak” degan hisob-kitobi real emas. Vladimir Putin bu ssenariyga rozi bölmaydi. Rossiya oçiqça neytral qolmasligi mumkin, ammo vaziyatdan foydalanib, Xitoyga bilvosita yordam berişi yoki Ğarbga zarar yetkazişda davom etişi ehtimoli yuqori.