Toşkent şahri Yaşnobod tumanida piyoda ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda poytaxt YHXB 3 yanvar kuni, mazkur holat haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan söng xabar berdi.
Voqea 31 dekabr kuni soat 21:00 atrofida Mahtumquli köçasida sodir bölgan.
Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda 34 yoşli ayol halok bölgan joy atrofidagi kameralar işlamagani va şu sababli guvohlar qidirilayotgani aytilgan.
YHXBning ma’lum qilişiça, 24 yoşli J.R. Lacetti avtomaşinasini boşqarib ketayotib, yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan piyoda, 1991 yilda tuğilgan Y.N.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Uşbu moddaga köra, bunday qilmiş odam ölişiga sabab bölsa, aybdor şaxs muayyan huquqdan mahrum qilinib, 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi közda tutilgan.

















