Amerika armiyasi va razvedkasi Karakasda ötkazgan amaliyot tafsilotlari ma’lum qilindi.

AQŞ ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi boşliği general Den Keyn prezident Donald Tramp bilan qöşma matbuot anjumanida Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qölga oliş operatsiyasi qanday ötgani haqida gapirib berdi. Operatsiya 2 yanvardan 3 yanvarga ötar keçasi ötkazilgan.

Amaliyot qanday tayyorlangan?

Keynning sözlariga köra, uşbu amaliyotga tayyorgarlik köriş taxminan bir oy muqaddam boşlangan. Undan oldin esa razvedkaçilar uzoq vaqt davomida iş olib borişgan: razvedka Maduro qayerda va qanday yaşaşi, uning odatlari haqida ma’lumot töplagan. The New York Times manbalariga köra, sun’iy yöldoş va dronlar orqali olingan ma’lumotlar Venesueladagi, jumladan, Maduroning atrofidagi manbalar yiğgan ma’lumotlar bilan töldirilgan.

Trampning sözlariga köra, amerikalik harbiylar uşbu ma’lumotlar asosida Maduroning qarorgohining nusxasini qurişgan va u yerda uni qanday qölga oliş böyiça maşğulotlar ötkazişgan.

Tayyorgarlik işlari yakunlanganida, amaliyotni keçiktirib turişga qaror qilingan, çunki Karakas osmoni öşa kunlarda oçiq bölgan, bunday ob-havo şaroitida esa Amerika kuçlarini muddatidan ança oldin payqab qolişlari mumkin edi. Va faqat 3 yanvarga ötar keçasi osmon bulut bilan qoplangan.

Tramp şaxsan buyruq bergan

Prezident Trampning şaxsiy buyruği bilan bir vaqtning özida 20 ta bazadan va aviataşuvçilardan 150 dan ortiq jangovar va razvedkaçi samolyotlar, jumladan, F-35 qiruvçilari va B-1 rusumli strategik bombardimonçilar havoga kötarilgan.

Köp ötmay amaliyotga 160-maxsus operatsiyalar aviatsiya polkining CH-47 Chinook va CH-53 Sea Stallion vertolyotlari amaliyotga qöşilgan. Bu guruh tarkibida armiyaning Delta Force nomli maxsus topşiriqli kuçlari hamda adliya vazirligining kuçişlatar bölinmasi jangçilari Karakas tomon uçgan. Bu amaliyot rasman oğir jinoyatlarda ayblanayotgan Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qölga oliş amaliyoti deb baholangan.

Vertolyotlar dengiz ustida 30 metr atrofidagi balandlikda uçişgan. Ular Karakasga yaqinlaşganida, aviatsiya kuçlari qölga oliş guruhi xavfsiz parvoz qilişini ta’minlaş uçun La-Guayra portidagi, şuningdek, Venesuela poytaxtini sohildan tösib turuvçi La-Karlota va Igerota aeroportlaridagi havo hujumidan mudofaa obektlariga zarbalar yöllagan.