Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ Venesuelada prezident Nikolas Maduroni rafiqasi Siliya Flores bilan birga qölga olib, mamlakatdan olib çiqib ketgani yuzasidan munosabat bildirji.
«Nima ham derdim. Agar diktatorlar bilan şunday [muomala qiliş] mumkin bölsa, Amerika Qöşma Ştatlari bundan keyin nima qiliş kerakligini biladi», – dedi u matbuot anjumanida kinoya bilan.
Zelenskiy aynan kimni nazarda tutganini oçiq aytmagan. Ukrainadagi naşrlar esa u Vladimir Putinga işora qilganini aytişmoqda.
Avvalroq Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga saylovlarni soxtalaştiriş va namoyişçilarga nisbatan kuç işlatilgani tufayli Ukraina Nikolas Maduro rejimining qonuniyligini tan olmasligini aytgandi. «Biz voqealar xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq, demokratiya, inson huquqlari va venesuelaliklar manfaatlariga ustuvorlik berilgan holda rivojlanişi tarafdorimiz», – deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.












