Hujjatda EHFlar tovar (xizmat)lar bitta yetkazib beriş zanjiri böyiça xavf darajasini baholaş, ularni toifalarga ajratiş hamda xavf darajasiga qarab EHF böyiça QQSni tölaş va hisobga oliş xususiyatlari nazarda tutilgani qayd etilgan. 

Nizomga köra, axborot tizimi orqali yuqori xavf deb topilgan EHF uluşi hisobot davrida QQS tölovçilari tomonidan rasmiylaştirilgan jami EHF sonining 10 foizidan oşmasligi kerak. 

Ma’lum qilinişiça, EHFning xavf darajasi mezonlarini Özbekiston Soliq qömitasi belgilaydi. EHF esa axborot tizimida belgilangan har bir mezon böyiça ballar yiğindisi asosida avtomatik tarzda baholanib, umumiy ballga köra “past xavf” va “yuqori xavf” toifalariga ajratiladi. 

Şuningdek, Soliq qömitasi xavf darajasini hisobga olgan holda EHFning markazlaştirilgan elektron reyestrini yuritişi belgilangan.