Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mahalliy «Turkiston» gazetasiga katta intervyu berdi. U siyosiy va iqtisodiy mavzudagi şarhlardan taşqari, boşqa savollarga, xususan, salomatlik haqidagi savollarga ham javob berdi.
Töqayev yoga bilan muntazam şuğullanişi va stol tennisi öynaşini aytdi. «Men muntazam ravişda yoga bilan şuğullanaman, stol tennisi öynayman», dedi u.
Qozoğiston rahbari sözlariga köra, bu uning soğliğiga «ijobiy ta’sir körsatadi», soğliğida muammolar yöq, qon bosimi barqaror - me’yorda.
«Men kundalik yoga maşğulotlariga kirişib ketdim, lekin meditatsiyasiz. Haftada bir-ikki marta sobiq professional tennisçi bilan stol tennisi öynayman. Darhaqiqat, 9 kilogramm vazn yöqotdim, bu esa özimni yaxşi his qilişimga yordam berdi», dedi u.
Töqayev MDH mamlakatlaridagi hamkasblarining jismoniy faolligi haqida ham ma’lumot berdi.
Uning sözlariga köra, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin yaqinda Bişkekda bölib ötgan norasmiy tadbirda yoş dzyudoçi bilan jangda kuçini körsatib, jismoniy çidamlilik namoyiş etgan. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev doimiy ravişda jismoniy maşğulot qiladi, Qirğiziston rahbari Sadir Japarov esa futbol öynaydi. Özbekiston yetakçisi Şavkat Mirziyoyev sport zalidagi maşğulotlar bilan formasini saqlab turadi, Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan esa velosipedda faol harakatlanadi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko xokkey öynaşda davom etmoqda, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon esa çiniqiş va jismoniy maşqlar tufayli «mustahkam soğliğini saqlab qolmoqda».
«Bir söz bilan aytganda hamkasblarimning barçasi soğlom», dedi Töqayev.












