Venesuelaning vaqtinça prezidenti Delsi Rodriges, agar AQŞ bilan hamkorlik qilişdan boş torsa, “Madurodan ham qimmatroq narx tölaydi”, — dedi Oq uy rahbari Donald Tramp yakşanba, 4 yanvar kuni The Atlantic naşriga bergan intervyusida. Ilgari AQŞ yetakçisi agar Rodriges “biz istagan işni qilsa”, Venesuelada AQŞ harbiy iştiroki kerak bölmasligini ta’kidlagan edi.
Jurnalistlar bilan suhbatda Donald Tramp, şuningdek, AQŞga mudofaa maqsadida Grenlandiya ustidan nazorat zarurligini aytdi.
3 yanvar kuni Venesuela Oliy sudi mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodrigesni davlatning vaqtinça rahbari etib tayinladi. Bundan avval AQŞ maxsus bölinmalari Karakasda prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qölga olib, Venesueladan Nyu-Yorkka olib çiqqan edi. AQŞ hukumatining niyati — Maduroni “narkoterrorizm” ayblovi bilan sudga tortiş.
Avvalroq, Nikolas Maduro va uning turmuş örtoği qölga olinganiga bağişlangan matbuot anjumanida Donald Tramp Venesuelani vaqtinça boşqarişni uning ma’muriyati öz zimmasiga olişini ma’lum qilgan. Bloomberg ma’lumotiga köra, bu jarayonda asosiy rolni AQŞ davlat kotibi Marko Rubio öynaydi.
Öşanda Tramp Delsi Rodriges AQŞ bilan hamkorlik qilişga tayyor ekanini bildirganini ham aytgan. Biroq 3 yanvar kuni Venesuelaning vaqtinça prezidenti davlat telekanali orqali çiqiş qilib, Nikolas Maduroni mamlakatning yagona qonuniy prezidenti deb atagan.
Venesuela Qurolli kuçlari Delsi Gonsalesni qöllab-quvvatladi. 4 yanvar kuni e’lon qilingan venesuelaliklarga videomurojaatda mudofaa vaziri Vladimir Padrino armiya AQŞ intervensiyasi keltirib çiqargan davlat inqirozi vaqtida “konstitutsiyaga muvofiq” tarzda Gonsalesni qöllab-quvvatlaşini aytdi.
Padrino sözlariga köra, mamlakat hududida AQŞning “imperialistik tajovuzi”ga qarşi turiş uçun qurolli kuçlar va politsiya bölinmalari jangovar şaylik holatiga keltiriladi. Mudofaa vaziri Maduroni qölga olişni “qörqoqlarça öğirlab ketiş” deb atadi.













