Venesuelaning vaqtinça prezidenti Delsi Rodriges bildirişiça, Karakas qöşnilar bilan tinç-totuv yaşaş tamoyiliga sodiq, taşqi tahdidlarsiz hayot keçirişga intiladi, hurmat va xalqaro hamkorlik muhitida yaşaşni xohlaydi. Siyosatçi yakşanba, 4 yanvar kuni Instagram’dagi sahifasiga joylaştirilgan oçiq maktubida AQŞ hukumatini hamkorlikka çaqirdi.
Rodrigesning aytişiça, Karakas “AQŞ va Venesuela örtasida”, şuningdek mintaqaning boşqa davlatlari bilan “muvozanatli va özaro hurmatga asoslangan xalqaro munosabatlarni rivojlantiriş”ga “birinçi darajali ahamiyat” beradi. “Biz AQŞ hukumatini xalqaro huquq doirasida, jamiyatda mustahkam birga yaşaşni (hamjihatlikni) kuçaytiriş uçun özaro rivojlanişga yönaltirilgan dastur doirasida hamkorlikka taklif qilamiz”, — deb yozdi Rodriges.
Siyosatçi AQŞ prezidenti Donald Trampga bevosita murojaat ham qildi. U ikki xalq va mintaqa “uruş emas, tinçlik va muloqotga loyiq” ekanini qayd etdi. Rodrigesning sözlariga köra, bu — avvalroq harbiy operatsiya vaqtida rafiqasi bilan birga qölga olinib, AQŞga olib ketilgan Nikolas Maduroning ham asosiy pozitsiyasi bölgan.
Şu kunning özida Donald Tramp Delsi Rodriges AQŞ hokimiyati bilan hamkorlik qilmasa, “yuqori narx tölaydi”, deb aytgan edi. “Ehtimol, Madurodan ham kattaroq”, — deya AQŞ prezidentining sözlarini keltirgan The Atlantic naşri.
Bundan oldin, Nikolas Maduro va uning rafiqasi qölga olinganiga bağişlangan matbuot anjumanida Tramp Venesuelada vaqtinça boşqaruvni uning ma’muriyati amalga oşirişini e’lon qildi. Bloomberg ma’lumotiga köra, bu jarayonda asosiy rolni AQŞ davlat kotibi Marko Rubio öz zimmasiga olişi kerak. Tramp AQŞning mamlakatdagi vaqtinça boşqaruvi hokimiyatning “munosib” (töğri tartibdagi) ötişiga qadar amal qilişini aytdi.
Rodriges esa, öz navbatida, mamlakatda fors-major holatlar tufayli sud qarori bilan Venesuelaning vaqtinça prezidenti etib tayinlangan. U Venesuelaning legitim prezidenti Nikolas Maduro bölib qolişini ta’kidladi. OAV esa Maduro lavozimidan rasman çetlatilmaganini qayd etadi.
Associated Press agentligi yozişiça, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio keyinroq Trampning Venesuelani “boşqariş” haqidagi bayonotlarini yumşatişga uringan. U mamlakatdagi içki jarayonlarni nazorat qilişga uriniş haqida gap ketmayotganini aytgan. Rubio sözlariga köra, AQŞ faqat Tramp avvalroq Venesuelaga nisbatan joriy etgan “neft karantini”ni qöllab-quvvatlaşda davom etadi, aynan şu narsa mamlakatdagi siyosiy özgarişlarni ilgari suriş uçun bosim dastagi bölişi kerak.













