Yanvar oyida harorat köp yillik iqlimiy me’yordan yuqori bölişi oydinlaşyapti. Ayniqsa 10-13 yanvar kunlari hududlarda bahoriy harorat hukm surişi prognoz qilinmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Kelayotgan dam oliş kunlari voha tomonlarda havo harorati maksimumlari +20 darajagaça kötarilişi kutilmoqda. Bunday harorat muhiti voha adirlarining yaşillikka burkanişi, hatto ayrim hududlar holisi adirlarda bahor elçisi – boyçeçak oçilişiga guvoh bölişi mumkin.

Umuman olganda joriy yanvar oyi respublika böylab, şimol hududlarini hisobga olmaganda, iliq ötişi oydinlaşmoqda.

Iqlim özgarişi sönggi yillarda bizga iliq qişlarni taqdim etmoqda. Bu esa qişloq xöjaligiga ta’sir etyapti. Yuqori haroratli kunlarning köpayişi uyquga ketgan dov-daraxtlarda erta vegetatsiyaning yuz berişiga, keyinçalik kiçik sovuq ta’sirida hosildorlikka jiddiy ta’sir etişi holatlari köpaymoqda.

Tinç okeani markazida suv harorati bilan boğliq vaziyat bahorda yana davomli La-Nino hodisasi bölişiga işora bermoqda. Demak, fevral-may oyiga qadar mintaqada yoğingarçilik bilan boğliq vaziyat biroz salbiy ötişi mumkinligini prognoz qilsa böladi.