Vaşington şu yilning 4 iyuligaça, ya’ni AQŞ özining 250 yilligini nişonlagunga qadar Grenlandiya ustidan nazorat örnatişga harakat qiladi. Bu haqda Politico naşri turli ekspertlar va amaldorlarga tayanib xabar berdi.
Vaqtni tanlaş faqat ramziy ma’noga ega emas. 2026 yil noyabr oyida mamlakatda oraliq saylovlar bölib ötadi va Grenlandiyaning u yoki bu şaklda AQŞga qöşilişi hukmron partiyaga qöl kelişi mumkin.
Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, gap katta ehtimol bilan harbiy bosqin haqida ketmaydi. Vaşington siyosiy bosim kampaniyasidan foydalanişi mumkin. Naşr manbalaridan birining sözlariga köra, bu «fuqarolik va harbiy nazoratni kuçaytiriş uçun mahalliy siyosatçilarni sotib oliş harakatlari bölişi mumkin... Amerikaliklarda bunga erişişning turli usullari bor». Manbaning sözlariga köra, AQŞning Grenlandiyaga nisbatan niyati «haqiqiy va jiddiy».
4 yanvar kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlarga «Grenlandiya juda kerak» ekanini aytib, orol «Rossiya va Xitoy kemalari» bilan öralganini ta’kidladi.
AQŞ Grenlandiyani Arktika tufayli strategik muhim mintaqa sifatida körmoqda: harbiy infratuzilma (Tule/Pituffik bazasi), şimoliy yönalişlarni nazorat qiliş, nodir yer resurslariga kiriş va muzliklarning erişi ta’siri.
Grenlandiya - Daniya Qirolligi tarkibidagi avtonom hudud, keng içki mustaqillikka ega, ammo mutlaq mustaqillik haqida tobora köproq gapirmoqda.
Daniya Grenlandiya ustidan suverenitetni saqlab qolmoqda va taşqi siyosat va mudofaa uçun javobgardir. Şuningdek, Grenlandiya heç qaçon AQŞga berilmasligini ta’kidlab kelmoqda.












