Buxoro viloyatida AYoQShdan xarid qilingan benzin avtomobilning nosoz holatga kelishiga sabab bo‘ldi. Raqobat qo‘mitasining aralashuvi bilan, iste’molchiga yetkazilgan 14 mln 400 ming so‘mga yaqin zarar qoplab berildi.

Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, iste’molchi “Narzulloobod Javohiri” xususiy korxonasiga tegishli yoqilg‘i quyish shoxobchasidan olingan 10 litr AI-95 benzin sababli avtomobilida nosozlik yuzaga kelganidan shikoyat qilgan.

Shundan keyin Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi, servis xulosasi asosida, korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atgan va avtomobilga yetkazilgan 14,4 mln so‘mlik zarar iste’molchiga qoplab berilishi ta’minlangan.

Iste’molchilar huquqlarini himoyalovchi organ avtomobil egalarining manfaatlari himoya qilinganiga oid boshqa holatlar haqida ham ma’lumot berdi.

Motori nosoz Tracker

Iste’molchi “Jizzax Avto Savdo” MChJdan xarid qilgan Chevrolet Tracker Premier Plus avtomobilining motorida nuqson aniqlanganidan shikoyat qildi. Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi topshirig‘iga ko‘ra, avtosalon nuqsonli avtomobilni xuddi shu narxdagi yangi avtomobil bilan almashtirib berdi.

Akkumulyatori nosoz Onix

Iste’molchi “Billur Avto Savdo Navoiy” MChJdan xarid qilgan Onix avtomobilining old eshik qoplamasida nuqsonlar bo‘lgan, akkumulyatori esa nosoz holatda edi. Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi avtosalon tomonidan nuqsonlar bartaraf etilishi va akkumulyator sifatlisiga almashtirilishini ta’minladi.

Nuqsonli Damas

Chinoz tumanida yashovchi fuqaro “Toshkent Deu” MChJdan Damas-2 D2 Style Plus avtomobilini xarid qilgan, lekin mashinada nuqsonlar borligiga qaramay, uni sifatlisiga almashtirishda muammoga uchragan. U Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilgach, Toshkent viloyati boshqarmasi fuqaroning mashinasini xuddi shu rusumdagi yangisi bilan almashtirgizib berdi.

Kechiktirib yetkazilgan Cobalt'lar