Kiyevda Ukraina Qurolli kuçlari harbiy xizmatçisining avtomobili portlatilgani böyiça gumon qilingan 24 yoşli mahalliy ayol uşlandi. Uni qölga oliş uçun bir neça soat ketgan. Bu haqda duşanba, 5 yanvar kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) rasmiy saytida xabar qilindi.

Avtomobil portlaşi 4 yanvar kuni kunduzi Kiyevning Obolon tumanidagi turar joy binolaridan birining hovlisida sodir bölgan. 30 yoşli harbiy xizmatçi ta’tilga kelgan paytida öz maşinasining bagajini oçgan onda portlaş röy bergan. Portlaş natijasida erkak va uning tanişi turliça oğirlikda jarohat olgan — jumladan, ikkala oyoqda ham jarohatlar va kontuziya. Avvaliga esa qiz jarohat olmagani haqida xabar berilgan edi.

Tergovçilar ma’lumotlariga köra, teraktni tayyorlaş va amalga oşiriş bilan Rossiya tomonidan yollangan 24 yoşli işsiz kiyevlik ayol şuğullangan. Ta’kidlanişiça, u Telegram-kanallarda “oson pul topiş” yöllarini qidirgan vaqtida Rossiya maxsus xizmatlari e’tiboriga tuşgan. Unga portlovçi qurilma tayyorlaş böyiça yöriqnoma berilgan, şuningdek detallarni xarid qiliş uçun bank kartasiga pul ötkazilgan. Portlaş lahzasi esa yaqin atrofda örnatilgan telefon orqali tasvirga olingan.

24 yoşli uşlangan şaxsga terakt sodir etganlik ayblovi qöyildi (Ukraina JK 258-moddasi 1-qism). Uşbu modda böyiça eng yuqori jazo — mol-mulkni musodara qiliş bilan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş. Prokuratura ma’lumotlariga köra, jinoyatni amalga oşiriş uçun Rossiya tomoni unga 1,5 ming dollar va’da qilgan, ammo politsiya qayd etişiça, u bu pulni olmagan. Hozir huquqni muhofaza qiluvçi organlar kiyevlik ayolni hibsga oliş (qamoqda saqlaş) haqida sudga iltimosnoma kiritmoqçi.