Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 37,2 ming nafar çet el fuqarolari öqiş maqsadida Özbekistonga taşrif buyurgan. Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 54,3 foizga köpaygan.
Ma’lumotlarga köra, joriy yilning 11 oyida Özbekistonga öqiş maqsadida kelgan çet el fuqarolari soni mamlakatlar böyiça quyidagiça taqsimlangan: Hindiston — 16,3 ming nafar, Turkmaniston — 8,9 ming nafar, Tojikiston — 2,7 ming nafar, Pokiston — 1,7 ming nafar, Xitoy — 1,4 ming nafar.
Şuningdek, Janubiy Koreyadan 870 nafar, Qirğiz Respublikasidan 823 nafar, Misrdan 737 nafar, Filippindan 501 nafar, AQŞdan 464 nafar fuqaro öqiş maqsadida Özbekistonga kelgan.
Röyxatdan Turkiya — 357 nafar, Afğoniston — 291 nafar, Iordaniya — 194 nafar, Buyuk Britaniya — 179 nafar, Rossiya — 164 nafar, JAR — 155 nafar, Eron — 115 nafar, Qozoğiston — 113 nafar, Bangladeş — 97 nafar, Italiya — 94 nafar fuqaro ham örin olgan.











