Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
Qo‘yliq podstansiyasidagi kichik nosozlik sabab Toshkent aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 02:28 da qisman elektr uzilishi yuz berdi. Uzilish reyslar harakatiga ta’sir qilmadi.
Foto: tashkent-airport.uz
Mahalliy vaqt bilan soat 02:28 da Qo‘yliq podstansiyasidagi kichik nosozlik tufayli Toshkent aeroportida qisman elektr uzilishi sodir bo‘ldi. Uzbekistan Airports'ning ma’lum qilishicha, bu holat samolyotlarning uchishi va qo‘nishiga ta’sir qilmagan, aeroportdagi barcha xizmatlar odatiy rejimda faoliyat olib borgan.
Jo‘nash va kelish zallari zaxira dizel generatorlar hamda UPS (uzluksiz quvvat manbai) yordamida elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Soat 02:49 ga kelib elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
Ma’muriyat yuz bergan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, fuqarolardan tushunishni so‘ragan.
O‘z navbatida, "Milliy elektr tarmoqlari" AJ bu ma’lumotni inkor etgan holda, nosozlik Qo‘yliq podstansiyasida emas, balki aeroport tasarrufidagi elektr qurilmasida yuz berganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
20:15 / 17.04.2026
O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llar. Narx nimaga qarab belgilanadi?
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
10:16 / 15.04.2026