Ukrainada tinçlik kelişuvi tuzilgan taqdirda, dastlabki kelişuvga köra, AQŞ Yevropa davlatlari iştirokida otaşkesim şartlariga rioya etilişini nazorat qilişga boşçilik qiliş niyatida. Bundan taşqari, AQŞ “hujum bölgan taqdirda” Ukrainada Yevropa davlatlari rahbarligida rejalaştirilayotgan köp millatli kuçlarni tuzişni qöllab-quvvatlaş majburiyatini olgan. Bu haqda seşanba, 6 yanvar kuni Parijda “köngillilar koalitsiyasi” uçraşuvi yakuniy bayonoti loyihasida aytilgan, hujjat nusxasi AFP agentligi ixtiyorida ekani bildiriladi.
Hujjatga köra, Vaşington Yevropa davlatlari rahbarligidagi köp millatli qurolli kuçlarga razvedka va logistika sohalarida ham yordam berişni rejalaştirmoqda. Loyihada “havoda, dengizda va quruqlikda xavfsizlik çoralarini tayyorlaş, şuningdek Ukraina qurolli kuçlarini tiklaş” böyiça harbiy rejalar mavjud ekani aytilgan. AFP ta’kidlaşiça, uşbu hujjat davlat rahbarlari uçraşuvida ma’qullanişi kerak edi. Loyihaga köra, köp millatli qöşinlar “köngillilar koalitsiyasi”ga a’zo davlatlar harbiy xizmatçilaridan taşkil topadi.
“Biz kelgusida Rossiya tomonidan qurolli hujum sodir bölgan taqdirda Ukrainaga kömaklaşiş hamda tinçlik va xavfsizlikni tiklaş böyiça yondaşuvimizni belgilaydigan majburiy majburiyatlarni yakuniylaştirişga kelişib oldik”, — deyiladi deklaratsiya loyihasida.
Bayonot loyihasiga köra, koalitsiya vakillari “AQŞning Ukraina xavfsizligini ta’minlaşda koalitsiyani qöllab-quvvatlaşga tayyorligi”ni olqişlagan. Öz navbatda, ular harbiy harakatlarni töxtatiş rejimi amal qila boşlaşi bilan kuçga kiradigan “siyosiy va yuridik jihatdan majburiy kafolatlar”ni öz zimmasiga olişga tayyor. Bundan taşqari, Parijdagi mavjud ştab negizida Yevropa koalitsiyasi davlatlari, AQŞ va Ukraina örtasida muvofiqlaştiruvçi markaz taşkil etilişi rejalaştirilgan.
6 yanvar kuni kunning ikkinçi yarmida Parijdagi prezident saroyida “köngillilar koalitsiyasi”ga kiruvçi 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari iştirokida uçraşuv bölib ötgan: maqsad — Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarining yanada aniq rejalarini taqdim etiş. Iştirokçilar orasida GFR kansleri Fridrix Mers, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, prezident Donald Trampning maslahatçisi va maxsus vakili Stiven Uitkoff, şuningdek Trampning kuyovi Jared Kuşner ham bor. Zelenskiy allaqaçon Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan yakkama-yakka uçraşgan.
AFP ma’lumotlariga köra, “köngillilar koalitsiyasi” rahbarlari va AQŞ vakillari uçraşuvidagi asosiy mavzu — Rossiya va Ukraina qöşinlari örtasidagi 1400 kilometrlik töqnaşuv çiziği böylab otaşkesim rejimiga rioya etilişini nazorat qiliş masalasi böladi. Buning uçun sun’iy yöldoşlar va dronlardan foydalaniş taklif etilmoqda.

















