Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

AQŞ Grenlandiyani ham olmoqçi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani qölga kiritiş uçun «turli variantlarni», jumladan, harbiy kuçdan foydalanişni ham muhokama qilmoqda.

«Prezident va uning jamoasi uşbu muhim taşqi siyosiy maqsadga erişiş uçun turli variantlarni muhokama qilmoqda. Albatta, AQŞ harbiy kuçidan foydalaniş har doim Oliy qömondon ixtiyoridagi variant hisoblanadi», dedi Kerolin Levit.

Bu bayonot Yevropa yetakçilari Daniyani qöllab-quvvatlab qöşma bayonot çiqarganidan bir neça soat ötib yangradi. Daniya Trampning Arktikadagi orol böyiça da’volariga qarşi çiqib kelmoqda.

«Grenlandiya uning xalqiga tegişli. Faqat Daniya va Grenlandiya özaro munosabatlariga oid masalalarni hal qilişi mumkin», — deyiladi Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Polşa, Ispaniya va Daniya yetakçilari imzolagan qöşma bayonotda.

Ular Arktika xavfsizligi AQŞ uçun qançalik muhim bölsa, özlari uçun ham şunçalik muhim ekanini ta’kidlab, bu NATO ittifoqçilari, jumladan, AQŞ bilan «jamoaviy» tarzda ta’minlanişi kerakligini aytdi.

Grenlandiya masalasi AQŞning Venesuelaga harbiy aralaşuvi fonida yana kun tartibiga çiqdi. Çunki öşa operatsiyadan keyin Trampning yaqin insonlaridan biri Grenlandiya xaritasini AQŞ bayroği ranglarida joylab, yoniga «TEZ ORADA» degan yozuvni qöşgandi.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio esa Kongressdagi yopiq yiğilişda Tramp ma’muriyati Grenlandiyaga bostirib kirişni rejalaştirmayotganini, ammo uni Daniyadan sotib oliş ehtimoli muhokama qilinayotganini aytgan.

Yaman separatistlarining boşliği qoçib ketdi

Yamanning Janubiy ötiş kengaşi rahbari Aidarus az-Zubaydi Ar-Riyodga uçişi kerak bölgan samolyotga çiqolmadi va buning örniga noma’lum yönalişga qoçib ketdi. Bu haqda Yamanda Saudiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan hukumat kuçlari ma’lum qildi.

Zubaydi Yamanning janubi masalasi böyiça forumda qatnaşiş uçun Saudiya Arabistoniga yöl olişi kerak edi.