Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kanadaning sobiq boş vazir örinbosari Xristya Frilandni iqtisodiy taraqqiyot masalalari böyiça özining maslahatçisi etib tayinladi. Bu haqda Ukraina davlat rahbari saytida duşanba, 5 yanvar kuni e’lon qilingan farmonda aytiladi.
“Xristya aynan şu kabi masalalarni professional darajada yaxşi biladi va investitsiyalarni jalb etiş hamda iqtisodiy transformatsiyalarni amalga oşiriş böyiça katta tajribaga ega. Hozir Ukrainaga içki barqarorlikni oşiriş kerak — diplomatiya imkon qadar tez iş bersa, Ukrainani tiklaş uçun, hamkorlar keçiktirişi sabab uruşni tugatiş uçun köproq işlaşga töğri kelsa, mudofaamizni mustahkamlaş uçun”, — deb yozdi Zelenskiy Friland tayinlanganidan keyin Telegram-kanalida.
Şu kuni u yana bir qator farmonlarni ham imzolagan — jumladan, MXK va UXXdagi özgarişlar va kadrlar almaşinuvi böyiça.
Xristya Friland 1968 yilda Kanadada tuğilgan, ona tomonidan ukrainalik, ukrain va rus tillarida erkin sözlaşa oladi. Siyosatga kirişişidan oldin Friland jurnalist bölib işlagan, 1990-yillarda Ukraina va Rossiyada Ğarb naşrlari bilan hamkorlik qilgan.
Kanada parlamentida bir neça yil işlaganidan keyin Xristya Friland vazirlik lavozimlarini egallagan, 2019–2024 yillarda mamlakat boş vaziri örinbosari bölgan. 2020 yil yozida u Kanada moliya vaziri lavozimini egallagan ilk ayolga aylangan va bir vaqtning özida boş vazir örinbosari vazifasini ham saqlab qolgan.
Xristya Friland 2014 yilda Qrim qöşib olingani uçun Rossiyaga nisbatan Kanada sanksiyalari paketini işlab çiqqan guruh tarkibiga kirgan. U dunyoda Ukrainaga RFga qarşi uruşda kömak beriş masalasida eng faol siyosatçilardan biri sifatida obro‘-e’tiborga ega.












