Germaniya federativ respublikasi kansleri Fridrix Mers nemis harbiy xizmatçilarining Ukrainada tinçlikni saqlaşda iştirok etiş ehtimolini istisno qilmadi, ammo ular xizmatni mazkur mamlakat hududida emas, boşqa joyda ötaşi kerak. Parijda “köngillilar koalitsiyasi” uçraşuvi yakunlari böyiça qilgan bayonotidan kelib çiqib, Mers uçun Ukraina bilan qöşni bölgan NATO davlatlaridan birida nemis tinçlikparvarlarini joylaştiriş maqbul variant bölişi mumkin.
“Germaniya siyosiy, moliyaviy, şuningdek harbiy sohada ham öz hissasini qöşadi”, — deb ta’kidladi Mers. Şu bilan birga, u bundesver askarlarining Ukrainadagi xalqaro tinçlikparvarlik missiyasida iştirok etişi hozirça noaniq istiqbol ekanini qayd etdi. Germaniya hukumati rahbarining tuşuntirişiça, bunga asosiy şart — Rossiya bilan öt oçişni töxtatiş (otaşkesim) töğrisida kelişuvga erişiş.
Berlinning Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarida iştirok etişga tayyorligi — öz-özidan tuşunarli narsa, dedi Mers. “Biz buni qay tarzda amalga oşira olişimiz hozirça oçiq masala, çunki xavfsizlik kafolatlari böyiça butun paket hali yakuniy kelişilmagan”, — deya qöşimça qildi u. Mersning aytişiça, u otaşkesim kelişilgandan keyin va “köngillilar koalitsiyasi” yagona yondaşuvga kelgaç, bu masala böyiça öz takliflarini bundestagga taqdim etmoqçi.
2025 yildan beri Litvada bundesverning tank brigadasi joylaştirilgan. 2027 yilga borib undagi harbiy xizmatçilar soni 5000 nafarga yetkazilişi kerak. Bundan taşqari, Germaniya HHK samolyotlari Polşa, Ruminiya va Boltiqböyi mamlakatlari havo hududini patrul qilişda iştirok etmoqda.












