Kalendar Mehnat kodeksi hamda 2026 yilda rasmiy sanalari nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoni asosida tayyorlangan.
Hujjatda 5 kunlik (40 soatlik), 6 kunlik (40 soatlik) va 6 kunlik (36 soatlik) ish haftalari uchun oylar, choraklar, yarim yillik va yil kesimida ish soatlari hamda ish kunlari soni hisoblab chiqilgani qayd etilgan.
Shu bilan birga, prezident farmoni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansa yoki dam olish kunlari ko‘chirilsa, ish vaqti kalendariga ham tegishli o‘zgartishlar kiritilishi mumkin.










