Germaniya Ukrainadan yoş erkaklarning ommaviy ravişda çiqib ketişi sabab xavotir bildirayotgan yagona mamlakat emas, dedi Germaniya federal hukumati rasmiy vakili Ştefan Kornelius DW’ning parlament muxbiri savoliga javob berib. Bu 7 yanvar, çorşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida aytildi. Savol Korneliusga GFR kansleri Fridrix Mersning uşbu jarayonni töxtatiş zarurligi haqidagi bayonoti bilan boğliq holda berilgan.
“Menimça, bu hodisa Yevropa böylab hamma yerda kuzatilyapti. Uning siyosiy ölçovi bor, bu esa federal hukumatga öz pozitsiyasini bildiriş va xavotirini ifoda etiş uçun asos beradi”, — deya tuşuntirdi Ştefan Kornelius. U qöşimça qilişiça, Ukrainadan yoş erkaklarning ommaviy çiqib ketişi borasida xavotirni uşbu mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy ham bildiryapti. Ukrainaga “davlat boşqaruvi va jamoat tartibini ta’minlaş işlarini qöllab-quvvatlay oladigan, rahbarlik qila oladigan yoşlar kerak”, — dedi Berlindagi hukumat vakili. U, şuningdek, Germaniya Ukrainadan yoş avlodning ketib qolişidan manfaatdor bölişi mumkin emasligini ham ta’kidladi.
Şu orada YeIning migratsiya masalalari böyiça komissari Magnus Brunner Germaniya hukumati pozitsiyasiga qöşilişini bildirdi. “Biz odamlar Ukrainaga qaytişi va tiklaniş işlarida iştirok etişi uçun qölimizdan kelgan barça işni qilişimiz kerak. Bu muhim, şuning uçun men bu nuqtai nazarni qöllab-quvvatlayman”, — dedi Brunner DW’ga intervyuda.
Uning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi harbiy harakatlar tugagaç, ukrainlar öz mamlakatiga qaytişi uçun qölidan kelgan barça işni qilyapti. Bu sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Bryussel maxsus elçini tayinlagan — Brunnerdan oldin YeIning migratsiya böyiça komissari lavozimida bölgan Ilva Yoxanssonni.
Bundan taşqari, Magnus Brunner ta’kidlaşiça, YeI hozirning özidayoq 2027 yilda RFning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanganidan keyin ukrainlarga berilgan vaqtinçalik himoya maqomi amal qilişni töxtatişiga tayyorgarlik körişi kerak. Uning aytişiça, Bryussel bu haqda YeIga a’zo davlatlar hukumatlariga tegişli sörov bilan allaqaçon murojaat qilgan.
Bundan oldin Mers Parijdagi “köngillilar koalitsiyasi” uçraşuvida Ukraina prezidenti yoş ukrain erkaklari Ukraina hududida öz mamlakatiga xizmat qilişini kafolatlaşi kerakligini aytgan. Şu yöl bilan ularning “Germaniyaga, Polşaga yoki Fransiyaga çiqib ketmasligi”ga erişiş zarur, deya qöşimça qilgan federal kansler.
Öz navbatida, Bavariya boş vaziri, Germaniya hukmron koalitsiyasiga kiruvçi Xristian-sotsial ittifoq (XSI) rahbari Markus Zyoder Ukraina xavfsizligini ta’minlaş uçun ustuvor vazifa sifatida ukrain harbiy xizmatçilarini safarbar qilişga e’tibor qaratiş kerak, degan fikrni bildirdi. Şuningdek, uning aytişiça, şu maqsadda ukrain qoçqinlarini ham öz vataniga qaytariş zarur.












