Eronda 28 dekabrdan buyon ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Avvaliga milliy valuta qadrsizlanişi va ulkan inflatsiya tufayli Tehron markazidagi Katta bozorda sotuvçilar iş taşlaş uyuştirişgandi. Köp ötmay namoyişlar tölqini butun mamlakatga yoyildi. 10 kun ötib esa Eron ğarbidagi ikki şahar namoyişçilar nazoratiga ötgan. Davlat axborot agentliklari xabarlarida bu şaharlar namoyişçilar tomonidan egallab olingani tan olinmayapti va politsiyaçilar namoyişçilarni tarqatib yuborgani aytilmoqda. Eron oliy rahbari Ali Xominaiy iqtisodiy muammolar borligini tan olgan, ammo buni «duşmanlar işi» bilan boğlagan. U şuningdek, «buzğunçilar bilan muzokara qiliş befoydaligi» va ularga «joyini körsatib qöyiş lozimligi»ni aytgan.
Eronda namoyişlar boşlanganining 10-kuniga kelib ikki şahar – Abdanan va Malikşoh namoyişçilar nazoratiga ötdi, deb xabar berdi 7 yanvar kuni Fox News telekanali Eron Milliy qarşilik kengaşiga tayanib. «Bugun Eron ğarbidagi ikki şaharda jiddiy voqealar sodir böldi: ular amalda egallab olindi va odamlar buni köçalarda nişonlamoqda. Ular „Xominaiyga ölim!“ deya hayqirişmoqda», – degan telekanalga Eron muxolifatining xorijdagi vakili Ali Safaviy. Eron Milliy qarşilik kengaşi prezidenti Maryam Rajavi ham X ijtimoiy tarmoğidagi akkauntida köçalarga çiqib, «jazo otryadlarini çekinişga majbur qilgan» odamlarni olqişlagan.
Abdanan mamlakat ğarbidagi Ilam viloyatidagi şahar bölib, Iroq bilan çegaradoş hisoblanadi, Malikşoh esa undan taxminan 100 kilometr içkarida joylaşgan.
Eron Milliy qarşilik kengaşi öz hisobotlarida Abdananda bölib ötgan voqealarni tasvirlagan. Unga köra, Islom inqilobi muhofizlari korpusi jangçilari namoyişçilarga hujum qilişga uringan, bunga javoban namoyişçilar korpusga tegişli bölgan «Ofog Kuroş» (Ofogh Kourosh) dökonlar tarmoğini yoqib yuborgan.
🚨گزارشها از پیوستن نیروهای انتظامی به مردم معترض در آبدانان ایلام/بر اساس روایتهای میدانی منتشرشده، در جریان اعتراضات آبدانان ایلام نشانههایی از همراهی برخی نیروهای انتظامی با مردم معترض دیده شده است. pic.twitter.com/MKu3ia1kS5
— LiveIranNews (@IranNewsAgency0) January 6, 2026
Malikşohda töqnaşuvlar oldingi kunlarda öldirilgan Faris Oğa Muhammadiyning dafn marosimi vaqtida yuzaga kelgan. Mahalliy resurslarda tarqalgan xabarlarga köra, Abdanan namoyişçilar nazoratiga ötgaç, ularga politsiyaçilar ham qöşilib ketgan.
🚨 Iran | Major Unrest Update
— News & Features Network | World & Local News (@newsnetmzn) January 7, 2026
Iran में anti-regime protess तेज़ होते दिख रहे हैं।
Ilam Province के Malekshahi और Abdanan को लेकर local repors का दावा है कि ये इलाके फिलहाल protesters के नियंत्रण में हैं।
रिपोर्ट्स के मुताबिक, प्रदर्शनों में regime-विरोधी नारे लगे और IRGC व… pic.twitter.com/B2oUCymQdG















