Berlin Kiyevdan ukrain qonunçiligi şunday tarzda özgartirilişini kutmoqdaki, natijada Ukrainadan YeIga kelayotgan yoş erkak migrantlar oqimi sezilarli darajada qisqarsin. Bu haqda Germaniya içki işlar vaziri Aleksander Dobrindt 7 yanvar, çorşanba kuni DW’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz Ukrainaga qonunçilikda özgarişlar bölişini va Ukraina yoş erkaklar Yevropaga, Yevropa Ittifoqiga köçib keta olmasligi uçun çora körişini kutyapmiz, deb aniq-ravşan bildirganmiz. Heç bölmasa, bu ötgan yili mumkin bölganidek tarzda bölmasin. Aytgança, bundan Ukrainaning özi ham manfaatdor bölişi kerak”, — deya ta’kidladi GFR IIV rahbari.
Dobrindt qöşimça qilişiça, Kiyev bu masalaga “juda jiddiy munosabatda” va bu mavzu muhokama qilinmoqda, biroq hozirça natija yöq.
Aleksander Dobrindt ta’kidlaşiça, yangi boşlangan yilda GFR hukumati migratsiya siyosatida qattiq yöl tutişni rejalaştirmoqda — bunda maqsad noqonuniy migrantlar uçun Germaniyaning jozibadorligini kamaytiriş va şu orqali butun Yevropa böyiça bosimni pasaytiriş. Uning sözlariga köra, bu borada Germaniyani migrantlar uçun “magnit”ga aylantirgan “joziba omillari” (pull factors)ni qisqartiriş muhim örin tutadi.
Jumladan, ukrainlar uçun GFRda Bürgergeld (fuqarolik nafaqasi) tölovlari allaqaçon pastroq — boşpana sörovçilarga beriladigan nafaqa bilan almaştirilgan. Şuningdek, ijtimoiy tölovlarni olişda hisobga olinmaydigan aktivlar (mulk/mablağ) hajmi ham kamaytirilgan.
Dobrindt qayd etişiça, 2026 yilda Yevropa Ittifoqida boşpana berişning yangi umumevropa tizimi işga tuşişi kerak. Bundan taşqari, Germaniya va “uning qaraşlarini bölişadigan” boşqa YeI davlatlari hozir uçinçi mamlakatlarda YeIda qoliş huquqi rad etilgan migrantlar uçun maxsus deportatsiya markazlarini taşkil etiş ustida iş olib bormoqda.
Şu bilan birga, GFR IIV rahbari aytganidek, integratsiya qilişga, işlaşga va özini özi ta’minlaşga intilgan çet elliklar uçun “Germaniyada istiqbol bor”. Integratsiyadan boş tortadiganlar esa öz kelajagi — öz vatanida ekanini anglab yetişi kerak, deya ta’kidladi Aleksander Dobrindt.












