Eron oliy rahbari Ali Xominaiyning aytişiça, davlat namoyişçilar qarşisida «çekinmaydi», ular «bezorilar» va «qöporuvçilar». Uning nutqi davlat televideniyesi orqali namoyiş etildi, deb xabar berdi Al-Arabiya.
Ali Xominaiy dekabr oyi oxiridan beri mamlakatni qamrab olgan norozilik namoyişlari boşlanganidan beri birinçi marta xalqqa murojaat bilan çiqdi. Uning sözlariga köra, namoyişçilar AQŞ prezidenti Donald Trampga yoqiş uçun köçalarni töldirmoqda. Şu bilan birga, Xominaiy fuqarolarni AQŞ prezidentiga umid boğlamaslikka çaqirib, Trampning qöllari «mingdan ortiq eronliklarning qoni bilan bulğanganini» ta’kidladi. Şuningdek, u «mutakabbir» Amerika yetakçisi 1979 yilgi inqilobdan oldin Eronda hukmronlik qilgan imperiya sulolasi kabi «ağdarilişini» başorat qildi va Trampni AQŞ içki işlari bilan şuğullanişga çaqirdi.
Erondagi ommaviy namoyişlar dekabr oyida milliy valutaning qadrsizlanişi va narxlarning oşişi tufayli boşlandi. Bir qator şaharlarda aksiyalar politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketdi, şiorlar esa siyosiy tus oldi - namoyişçilar hozirgi tuzumga qarşi çiqdi. Huquqni himoya qiliş taşkilotlari közdan yoş oqizuvçi gaz va jangovar patronlardan foydalangan xavfsizlik kuçlari bilan töqnaşuvlarda önlab qurbonlar va minglab hibsga olinganlar haqida xabar berdi. Raqamlarni mustaqil ravişda tekşiriş imkonsiz. Öz navbatida, Donald Tramp AQŞ Erondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini aytdi.
«Ularning (Eron hukumati) işlari juda yomon. Men ularga şuni tuşuntirdimki, agar ular odamlarni öldirişni boşlasa, odatda tartibsizliklar paytida şunday qilişadi, agar ular buni qilsa, biz ularga juda kuçli zarba beramiz», dedi AQŞ prezidenti.
8 yanvar kuni keçqurun Eronda norozilik namoyişlari avj olişi fonida internet öçirilgani haqida xabarlar tarqaldi.













