AQŞ prezidenti Donald Trampning aytişiça, uning prezidentlik vakolatlarini xalqaro huquq emas, faqat “öz axloqi” çeklaydi. Oq uy rahbari The New York Times gazetasiga bergan intervyusida: “Bitta çeklov bor. Bu — mening öz axloqim. Öz aql-idrokim. Meni töxtata oladigan yagona narsa şu. Menga xalqaro huquq kerak emas. Men odamlarga ziyon yetkazişga intilmayman”, — dedi.

Jurnalistlar “Ma’muriyatingiz xalqaro huquqqa rioya qilişi kerakmi?” degan savol berganida, Tramp: “Ha”, deb javob berdi. Keyinroq esa, bunday çeklovlar AQŞga qaçon tatbiq etilişini “özi mustaqil hal qilişi”ni qöşimça qildi. “Bu xalqaro huquqni qanday ta’riflaşingizga boğliq”, — dedi respublikachӣ.

Naşr qayd etişiça, Donald Tramp “u uçun qay biri muhimroq — AQŞning Grenlandiya ustidan nazorat örnatişi yoki NATOni saqlab qolişmi?” degan savolga töğridan töğri javob berişdan boş tortgan, biroq “tanlov bölişi mumkin”ligini tan olgan.

Maqolada aytilişiça, Oq uy rahbari alyans AQŞ unda asosiy tayanç bölmasa, amalda foydasiz ekanini oçiq-oydin bildirgan. “Menimça, biz har doim Yevropa bilan til topişamiz, lekin men ularning aqlga kelişi(ni) istayman. NATOga köproq mablağ sarflaşga, YaIMni oşirişga aynan men majbur qilganman”, — dedi Tramp.

Respublikaçi jurnalistlar bilan suhbatda AQŞning Karakasda Nikolas Maduroni qölga oliş böyiça harbiy operatsiyasi Xitoy uçun Tayvan böyiça da’volari doirasida pretsedent böldi, degan fikrni ham rad etdi.

“Bu (Xitoy Xalq Respublikasi raisi) Si Jinpingning öziga boğliq — u nima qilişini. Lekin men unga aytganman: agar u şunga öxşaş iş qilsa, men juda norozi bölaman. Va men u bunday qilmaydi, deb öylayman. Umid qilaman, u bunday qilmaydi”, — deya ta’kidladi Tramp.