RF Davlat dumasining tört nafar deputatiga Vaşingtonda AQŞ Kongressi a’zolari bilan uçraşuv uçun rasmiy taklifnoma yuborildi. Unda, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga barham beriş böyiça muzokaralar jarayonini muhokama qiliş rejalaştirilgan. Bu haqda 8 yanvar, payşanba kuni Florida ştati 13-okrugidan saylangan kongressvumen Anna Paulina Luna ma’lum qildi. Lunaga köra, uçraşuvni AQŞ Davlat departamenti ma’qullagan va u yanvar oyidayoq bölib ötişi mumkin. Luna bu haqda X ijtimoiy tarmoğida yozgan.
Luna qaysi aniq deputatlar haqida gap ketayotganini aniq aytmadi. Uçraşuvni taşkil etişda kömak bergani uçun kongressvumen AQŞ davlat kotibi Marko Rubioga şaxsan minnatdorçilik bildirdi.
Keyinroq RF Davlat dumasining xalqaro işlar qömitasi raisi birinçi örinbosari Aleksey Çepa “Dojd” telekanaliga bergan izohida uçraşuvga tayyorgarlik körilayotganini tasdiqladi. Uning aytişiça, uçraşuv “yakuniy kelişuvlarga erişilgan zahoti” bölib ötişi mumkin.
U Rossiya deputatlarining AQŞ Kongressi a’zolari bilan muzokaralarida “dolzarb masalalar”, jumladan iqtisod, terrorizm va xavfsizlik mavzulari muhokama qilinişi kutilmoqda, dedi. Uçraşuvga kim taklif qilingani haqidagi savolni esa deputat Davlat dumasi rahbariyatiga yönaltirib, özi kimlar haqida gap ketayotganini bilmasligini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maxsus vakili va Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi (RTIJ) rahbari Kirill Dmitriyev Rossiya va AQŞning qonun çiqaruvçi organlari vakillari örtasida uçraşuv bölişi mumkinligini 2025 yil oktyabr oxirida, AQŞga taşrif buyurgan paytidayoq ma’lum qilgan edi.
Öşanda RTIJ rahbari Anna Paulina Lunani “Rossiya va AQŞ örtasida muloqot tarafdori sifatida” “tinç yeçimlar”ni izlaş va “mamlakatlar örtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş” tarafdori bölgan Kongress vakilalaridan biri, deb atagan.












