AQŞ juma kuni, 9 yanvarda Rossiyaning “yaşirin floti” bilan boğliq bölişi ehtimol qilingan navbatdagi neft tankerini qölga oldi. Olina nomli kema Trinidad yaqinida, Karib dengizida töxtatib qolingan va unga AQŞ Qirğoq qöriqlaş xizmati xodimlari çiqqan. Operatsiya heç qanday hodisasiz ötganini AQŞ Qurolli kuçlarining Janubiy qömondonligi ma’lum qildi.
Janubiy qömondonlik X ijtimoiy tarmoğidagi postida şunday deyiladi: “Bugun idoralararo qöşma kuçlarimiz yana bir bor aniq signal yubordi — jinoyatçilar uçun xavfsiz panoh yöq. Tongda ötkazilgan operatsiya davomida ‘Janubiy nayza’ (Southern Spear) birlaşgan tezkor guruhi dengiz piyodalari va dengizçilar içki xavfsizlik vazirligi kömagida USS Gerald R. Ford aviataşuvçisidan çiqib, Karib dengizida motorli tanker Olina'ni heç qanday hodisasiz uşladi”.
Xabarda ta’kidlanişiça, “bunday uşlaşlar AQŞ Dengiz kuçlarining amfibiya zarba guruhi töliq qudrati bilan ta’minlanadi, unga tezkor qöllanişga tayyor va yuqori zarba salohiyatiga ega USS Iwo Jima, USS San Antonio va USS Fort Lauderdale kemalari ham kiradi”. Postda, şuningdek, AQŞ Mudofaa vazirligining “Janubiy nayza” operatsiyasi “noqonuniy faoliyatni töxtatiş va Ğarbiy yarimşarda xavfsizlikni tiklaş orqali mamlakatni himoya qiliş” missiyasiga sodiq qolişi urğulanadi.
The Bell naşri yozişiça, Olina tankerining röyxatdan ötkaziş raqami 2025 yil yanvar oyida AQŞ sanksiyalari ostiga tuşgan Minerva M tankeri raqami bilan mos keladi. Minerva M Ğarb çeklovlarini çetlab ötib Rossiya neftini taşişda işlatiladigan “yaşirin floti”ning bir qismi sifatida sanksiyaga tuşgan edi.
Reuters agentligi ma’lumotlariga köra, Olina Şarqiy Timor bayroği ostida yuradi. Kema oxirgi marta 52 kun oldin — noyabr örtalarida Venesuela sohillari yaqinida bölgan vaqtida öz joylaşuv ma’lumotlarini uzatgan. Tanker harakati haqidagi bu ma’lumotni Reuters Britaniyaning dengiz xatarlarini boşqariş kompaniyasi Vanguard ma’lumotlariga tayanib keltirdi.
Olina'ni qölga oliş AQŞ tomonidan Venesueladan neft eksport qilişda iştirok etgan tankerlarni ta’qib etiş operatsiyasi doirasidagi beşinçi holat böldi. Amerika hokimiyati bahosiga köra, Venesuela neft eksportining taxminan 70 foizi “yaşirin floti” kemalari hissasiga töğri keladi.
Avvalroq AQŞ Atlantika okeanida Rossiya kompaniyasiga tegişli Bella 1 tankerini ham qölga olgan. Kema ikki haftadan ortiq vaqt AQŞ harbiylarining ta’qibidan qoçib yurgan, uni Rossiya harbiy-dengiz kuçlari kuzatib borgan.

















