Eronda juma kuni, 9 yanvar keçqurun, yana ommaviy norozilik aksiyalari bölib ötdi. Eron xavfsizlik kuçlarining namoyişçilarga nisbatan qattiq çoralar körayotgani va internet bloklanganiga qaramay, Tehron va mamlakatning boşqa yirik şaharlari köçalariga köp sonli norozi fuqarolar çiqdi.
AFP agentligi haqiqiyligini tasdiqlagan videoroliklarda Eron poytaxtining şimolidagi Saadatobod tumanida namoyişçilar kastryulkalarga urib, “Xomanaiyga ölim!” degan şiorlarni aytayotgani körinadi. Ular öz murojaatini Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiyga qaratmoqda. Yöldan ötayotgan avtomobillar esa ularni qöllab-quvvatlaş belgisi sifatida signal çalgan.
Köçadagi ommaviy namoyişlar fonida hokimiyat Tehron köçalarida nazoratni kuçaytirmoqda. Eron poytaxtining asosiy magistrallaridan birida xavfsizlik kuçlarining maxsus bölinmalari har 10 metrda bittadan blokpost örnatgan, ularda kalaşnikov avtomatlari bilan qurollangan kuç tuzilmalari xodimlari turibdi, deb yozadi “Amirkabir” talabalar byulleteni.
Şu orada Tehron şahar hokimi Alireza Zakaniy 9 yanvar tungi namoyişlar natijasida keltirilgan zarar haqida ma’lum qildi. Uning aytişiça, 50 dan ortiq bank va bir neça davlat muassasasiga öt qöyilgan, 30 dan ortiq masjid esa yonğinda butunlay vayron bölgan.
Erondagi inson huquqlari markazi (CHRI) huquq himoyaçilari guvohlar körsatmalariga tayanib, Tehron, Maşhad va Karaj şaharlarida şifoxonalar yaralangan namoyişçilar bilan tölib ketganini xabar qilmoqda. HRANA huquqiy axborot agentligi ma’lumotlariga köra, norozilik aksiyalari vaqtida kamida 62 kişi halok bölgan, 2300 namoyişçi qölga olingan.
Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy ommaviy namoyişlarni keskin qoraladi. U norozilik iştirokçilarini “iğvogarlar” va “mamlakatga ziyon yetkazayotgan” odamlar deb atadi. “Vayron qiliş — ayrim şaxslarning işi”, — dedi Xomanaiy 9 yanvar kuni. Uning qöşimça qilişiça, ular bunday buzğunçilikni “faqat AQŞ prezidenti xursand bölişi uçun” qilmoqda, bunda u Donald Trampni nazarda tutgan.
Eronning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) huzuridagi elçisi Amir Said Iravaniy ham, Reuters agentligi xabar qilişiça, Vaşington va Isroil hukumatini “beqarorlaştiruvçi harakatlar”da va “tinç namoyişlarni zöravon vandalizm harakatlariga aylantiriş”da aybladi.













