Buyuk Britaniya ehtimoliy yaraşuv (otaşkesim)dan keyin köpmillatli kuçlar tarkibida Ukrainaga britaniyalik harbiylarni yuborişga tayyorgarlik uçun 200 mln funt (taxminan 230 mln yevro) ajratdi. Bu haqda juma kuni, 9 yanvarda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Ajratilgan mablağlar Britaniya qurolli kuçlarini yangi uskunalar bilan jihozlaş, transport vositalarini modernizatsiya qiliş, aloqa tizimlarini yangilaş va dronlardan himoya vositalarini kuçaytirişga yönaltiriladi.

Ukraina hududida xorijiy qöşinlar va harbiy obektlarni joylaştiriş Rossiya tomonidan uning xavfsizligiga töğridan töğri tahdid sifatida baholanadi, degandi oldinroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Uning aytişiça, “bunday bölinmalar va obektlar” Rossiya armiyasi tomonidan “qonuniy harbiy nişonlar” sifatida köriladi.

Şu bilan birga, Zaxarova 6 yanvar kuni Parijda “köngillilar koalitsiyasi” mamlakatlari Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari böyiça deklaratsiya, şuningdek uruş tugaganidan keyin Ukrainada fransuz va britan qöşinlari hamda harbiy obektlarni joylaştirişga doir uç tomonlama hujjatni imzolaganiga işora qildi.

Kiyev, Parij va London 6 yanvar kuni Parijda ötkazilgan uçraşuvda niyatlar deklaratsiyasini imzoladi. Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerning sözlariga köra, u hujjat öt oçiş töxtatilgandan keyin Ukrainada britan, fransuz va boşqa “hamkor” qöşinlarni joylaştiriş uçun “huquqiy asos” yaratadi.

Britaniya hukumati rahbari, şuningdek, öt oçiş töxtatiş rejimi boşlanişi bilan Britaniya va Fransiya Ukraina böylab “harbiy markazlar” taşkil etişi va qurol hamda harbiy texnikani saqlaş uçun “himoyalangan obektlar” qurişini aytdi.

The Times naşri ma’lumotlariga köra, Buyuk Britaniya va Fransiya Rossiya bilan tinçlik kelişuvi tuzilgandan keyin xavfsizlik kafolati sifatida Ukrainaga 15 ming nafargaça harbiy yuborişni rejalaştirmoqda, Germaniya esa Ukraina yaqinida kuçlarni joylaştirişga tayyor. Naşr, şu bilan birga, ehtimoliy kontingent soni “kutilganidan ança kam” ekanini ta’kidlaydi.