Özbekiston Fanlar akademiyasi Materialşunoslik instituti olimlari tomonidan biologik asosda olingan köp qatlamli grafen yaratildi. Şuningdek, mazkur material asosida suvni tozalaşga möljallangan WATER-TOL nomli filtr-press qurilmasining laboratoriya namunasi işlab çiqilgani ma’lum qilindi.

Sönggi yillarda uglerod asosidagi zamonaviy materiallar — grafen, uglerod nanotrubkalari, fullerenlar, grafen oksidi — turli sohalarda keng tadqiq etilmoqda. Biroq mutaxassislar qayd etişiça, bunday materiallarning aksariyatini işlab çiqariş jarayonida zaharli moddalar qöllanilişi sababli ayrim yönalişlarda, xususan tibbiyotda, çeklangan tarzda foydalanişga töğri keladi.

Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan yaratilgan köp qatlamli grafen esa inson organizmi uçun zararsiz, biomos (inson töqimalari bilan mos keluvçi) yangi avlod nanokarbon materiali sifatida baholanmoqda. Olib borilgan tadqiqotlarga köra, uşbu material:

  • inson töqimalariga salbiy ta’sir körsatmaydi;
  • yaralarning tez bitişiga yordam beradi (jumladan, diabet sabab uzoq bitmaydigan yaralar holatida ham);
  • bakteriyalar, viruslar va zamburuğlarga qarşi faol ta’sirga ega;
  • hujayra va töqimalarning tiklaniş jarayonini rağbatlantiradi.

Qayd etilişiça, mazkur material tibbiyotda yaralarni davolaş, tiklovçi muolajalar hamda antibakterial qoplamalar yaratişda, farmatsevtikada dori vositalarini yetkazib beruvçi taşuvçi sifatida, sanoatda esa mustahkam va yuqori çidamli materiallar tayyorlaşda qöllanişi mumkin.

Eng muhimi, olimlar ta’kidlaşiça, global ekologik muammolarni inobatga olgan holda köp qatlamli grafen suv va havoni tozalaş, zaharli moddalar hamda radionuklidlarni yutib olişda yuqori samaradorlikka ega.

Ma’lumot uçun, köp qatlamli grafenning grafen oksididan asosiy farqi — unda kislorodli guruhlar saqlanmasligi bilan izohlanadi. Şu bois, u tibbiyot va ekologiya yönalişlari uçun xavfsizligi hamda yuqori salohiyati bilan istiqbolli innovatsion material sifatida körilmoqda.