Şveytsariyaning Kran-Montana toğ-çanği kurortidagi Le Constellation barida sodir bölgan yonğin oqibatida halok bölgan 40 nafar inson xotirasiga bağişlangan rasmiy motam marosimi sukut saqlaş daqiqasi bilan boşlandi. Tadbir juma kuni, 9 yanvarda Martinii şahrida ötkazildi va u, şuningdek, qariyb 120 nafar jabrlanuvçiga ham bağişlandi — ularning aksariyati oğir kuyiş va tan jarohatlari olgan.

Butun Şveytsariya böylab halok bölganlarni xotirlab, beş daqiqa davomida çerkov qönğiroqlari çalindi. Fojia qurbonlarining köpçiligi yoşlar bölgan.

Marosimga yonğin oqibatida fuqarolari halok bölgan yoki jabr körgan Yevropa davlatlaridan yuqori lavozimli siyosatçilar taklif etildi. Ular orasida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Italiya prezidenti Serjo Mattarella ham bor.

Vale kantoni hukumati rahbari Matias Reynard halok bölganlarning yaqinlariga murojaat qilib, hozirgi vaziyatda qilinişi mumkin bölgan eng kam iş — “butun jamoa nomidan” ulardan uzr söraş ekanini aytdi. U ta’kidlaşiça, fojia uçun huquqiy javobgarlikni örganişdan taşqari, ma’naviy javobgarlikni ham zimmaga oliş zarur.

Şveytsariya konfederatsiyasi prezidenti Gi Parmelen motam marosimida sözga çiqib, Kran-Montana fojiasini “aqlga siğmaydigan” deb atadi. Uning aytişiça, “özini tartib-intizom va işonçlilik tayançi deb hisoblaydigan mamlakat” xavfni — har doim zaif nuqtalarni qidirib turuvçi “hamma joyda mavjud soya”ni oldindan payqay olişi kerak.

Taşkilotçilar ma’lum qilişiça, motam tadbirlarida taxminan 700 kişi, jumladan, 150 atrofida marhumlar yaqinlari iştirok etgan. Qurbonlar orasida Germaniya fuqarolari bölmagan, ammo 11 nafar jabrlanuvçi Germaniya klinikalarida, jumladan Baden-Vyurtemberg federal yerida davolanmoqda. Şu sabab marosimda Baden-Vyurtemberg boş vaziri Vinfrid Kreçman ham qatnaşgan.

Tergov ma’lumotiça, yonğinning ehtimoliy sababi — bayram pirotexnika qurilmasining uçqun çiqarişi va bar şiftidagi penoplast qoplamani yondirib yuborişi bölgan.