Buyuk Britaniya hukumati Grok sun’iy intellekti asosidagi çat-bot tomonidan yaratilgan suratlar sababli X ijtimoiy tarmoğiga nisbatan çora körişi mumkin, deb xabar berdi Daily Telegraph gazetasi.

Qayd etilişiça, hattoki X tarmoği mamlakat hududida taqiqlanişi ham mumkin.

Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Greatest Hits Radio radiostansiyasiga bergan intervyusida körilişi mumkin bölgan ehtimoliy çoralarni örganiş böyiça Ofcom mediaregulyatoriga topşiriq berganini aytdi. 

«X vaziyatni nazoratga olişi şart. Bu notöğri. Bu noqonuniy. Bunga çidab turolmaymiz», — dedi u.

3 yanvar kuni Bloomberg agentligi xAI kompaniyasining Grok sun’iy intellekt modeli foydalanuvçilarning sörovlariga muvofiq behayo suratlar yaratgani va ularni X tarmoğidagi sahifasida joylaganini xabar qilgandi.