Sönggi kunlarda Donald Trampga Eronga yangi harbiy zarbalarning bir neça variantlari taqdim etilgan, deb yozmoqda The New York Times Amerikadagi qator manbalariga tayanib.

Gazeta ma’lumotiga köra, AQŞ prezidentiga taqdim etilgan variantlar Tehrondagi harbiy bölmagan obektlarga zarba berişni ham nazarda tutadi. Bular qanday obektlar ekani borasida tafsilotlar ma’lum qilinmagan.

The New York Times suhbatdoşlariga köra, Tramp hali yakuniy qarorni qabul qilmagan, ammo «yangi zarbalarga ruxsat beriş imkoniyatini jiddiy körib çiqmoqda». Yuqori martabali harbiy mulozimlardan biri har qanday ehtimoliy hujumdan oldin mintaqadagi harbiy qömondonlarga Amerika pozitsiyalarini mustahkamlaş va Eron tomondan böladigan ehtimoliy javob zarbalariga tayyorgarlik köriş uçun vaqt kerak bölişini ta’kidlagan.

The Wall Street Journal naşri ham Tramp ma’muriyati vakillari variantlar böyiça dastlabki muhokamalarni ötkazgani haqida yozmoqda. Rasmiylardan birining sözlariga köra, Eron harbiy obektlariga keng kölamli havo hujumi uyuştirilişi muhokama qilingan. Yana bir manbaning aytişiça, harakatlar rejasi böyiça konsensus yöq va hozirça Amerika harbiy texnikalari yoki askarlar zarba berişga tayyorgarlik köriş uçun yangi pozitsiyalarga ötkazilmagan.

Manbalar bu muhokamalarni odatiy rejalaştirişning bir qismi deb atamoqda, şu bilan birga, Eronga hujum muqarrarligini körsatuvçi alomatlari yöqligini qayd etişmoqda.

Oq uy bu boradagi sörovga javoban Trampning Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi postini havola qilgan. Unda şunday deyiladi: «Eron erkinlikka intilmoqda, ehtimol, har qaçongidan ham köproq. AQŞ yordamga tayyor!!!».

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibofning aytişiça, AQŞning har qanday hujumi – Tehronning Isroilga va AQŞning mintaqadagi harbiy bazalariga javob zarbalariga olib keladi.

  • Erondagi namoyişlar 28 dekabr kuni boşlangandi, bunga milliy valuta keskin qadrsizlanişi va ulkan inflatsiya sabab bölgandi. Köp ötmay namoyişlar amalda butun mamlakatni qamrab oldi, Eron ğarbidagi ikki şahar namoyişçilar qöliga ötdi. Hukumat namoyişlarni kuç bilan bostirişga kirişgan; bu fonda mamlakatda internet töliq öçirilgan. Turli manbalarga köra, politsiya bilan töqnaşuvlarda halok bölgan namoyişçilar soni 200 dan oşgan, ammo bu borada rasmiy ma’lumot yöq.