Buyuk Britaniya hukumati Yevropadagi ittifoqçilar bilan Grenlandiyada NATO harbiy kontingentini joylaştiriş böyiça muzokaralar olib bormoqda, bunday qadam AQŞ prezidenti Donald Trampni orolni anneksiya qiliş ğoyasidan voz keçişga köndirişiga umid qilinmoqda, deb yozadi The Telegraph.
Gazeta ma’lumotiga köra, bu masala NATOga a’zo bölgan davlatlarning 8 yanvar kuni Bryusselda ötkazilgan uçraşuvida körib çiqilgan. Uçraşuv iştirokçilari NATOning Yevropadagi birlaşgan qurolli kuçlari boş qömondonligiga Arktika xavfsizligini ta’minlaş uçun qanday çoralar köriş mumkinligini belgilab olişni topşirgan.
The Telegraph manbalariga köra, ehtimoliy amaliyot rejalaştirişning dastlabki bosqiçida turibdi. U Grenlandiyani Rossiya va Xitoy tahdidlaridan himoya qiliş uçun qöşinlarni töliq miqyosda joylaştirişni, şuningdek, kiçik harbiy maşğulotlar, razvedka ma’lumotlari almaşiş, harbiy imkoniyatlarni rivojlantiriş va mudofaa xarajatlarini qayta taqsimlaşni öz içiga olişi mumkin.
Har qanday operatsiya, katta ehtimol bilan, NATO şafeligida amalga oşiriladi va Boltiqböyi mamlakatlari va Polşadagi mavjud missiyalardan alohida böladi.
The Telegraph suhbatdoşlariga köra, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Arktikada Rossiya va Xitoy tahdidiga «öta jiddiy» munosabatda va çoralar köriş zarurligiga qöşiladi. Şuningdek, manbalarning aytişiça, Britaniya qurolli kuçlari allaqaçon mintaqa xavfsizligini ta’minlaşda faolroq rol öynaşga tayyorlanmoqda.
Bundan taşqari, The Telegraph’ga ma’lum bölişiça, Tramp NATO kuçlarini joylaştiriş taklifini rad etgan taqdirda Yevropa Ittifoqi Amerika kompaniyalariga qarşi sanksiyalar qöllaş böyiça rejalar işlab çiqmoqda. Bu holda Meta, Google, Microsoft va X, şuningdek, Amerika banklari va moliya kompaniyalari Yevropada işlaşda çeklovlarga duç kelişi mumkin.












