Prezident Donald Tramp Grenlandiya Rossiya yoki Xitoy qöliga ötib ketmasligi uçun hududni AQŞning özi egallaşi lozimligini aytdi.

«Mamlakat mulkka egalik qilişi va ijaraga olingan joyni emas, öz mulkini himoya qiliş kerak. Va biz Grenlandiyani himoya qilişimiz kerak böladi», – dedi Tramp BBC jurnalistining savoliga javoban.

U Vaşington bunga erişiş uçun «oddiy yöl»dan ham, «oğir yöl»dan ham borişi mumkinligini qöşimça qilgan.

Oq uy yaqinda Amerika ma’muriyati AQŞning NATO böyiça ittifoqçisi hisoblangan Daniyaga tegişli mazkur avtonom hudud ustidan nazoratni qölga kiritişning bir neça usullarini körib çiqayotganini ma’lum qildi. Vaşington orolni sotib oliş imkoniyatini körib çiqmoqda, biroq uni kuç işlatiş yöli bilan anneksiya qilişni ham istisno etmayapti.

Daniya va Grenlandiya rasmiylari esa hudud sotilmasligini aytmoqda. Xususan, Daniya boş vaziri Frederiksen Mette AQŞning ehtimoliy harbiy operatsiyasi NATOning tugaşini anglatişini aytgan.

Juma kuni keçqurun Grenlandiyadagi asosiy partiyalar, jumladan, muxolifat partiyalari yetakçilari qöşma bayonot e’lon qilib, unda «AQŞning mamlakatga nisbatan bepisand munosabatiga çek qöyiş»ga çaqirdi.

«Biz amerikalik bölişni istamaymiz, daniyalik bölişni istamaymiz, biz grenlandiyalik bölişni istaymiz. Grenlandiyaning kelajagini grenlandiyaliklarning özlari belgilaşlari kerak», – deyiladi bayonotda.

Amerika bazasi

Grenlandiya aholi ziçligi böyiça dunyoda eng past körsatkiçga ega hudud hisoblanadi, biroq uning Şimoliy Amerika va Arktika örtasidagi geografik joylaşuvi ehtimoliy raketa zarbalarini hamda mintaqadagi kemalar harakatini kuzatiş imkonini beradi.

AQŞ prezidenti Grenlandiya AQŞ milliy xavfsizligi uçun juda muhim ekanligini bir neça bor ta’kidlagan. Xususan, heç qanday dalil-isbot keltirmasdan, hudud «Rossiya va Xitoy kemalari bilan töla» ekanini da’vo qilgan.

AQŞ Ikkinçi jahon uruşi davridan buyon Grenlandiyada harbiy bazaga egalik qiladi

Grenlandiyaning şimoli-ğarbiy çekkasidagi «Pituffik» harbiy bazasida 100 dan ortiq amerikalik askar joylaştirlgan. AQŞ bu bazani Ikkinçi jahon uruşidan beri saqlab keladi.