Xitoyning odamsimon robotlar işlab çiqaruvçi AgiBot kompaniyasi 2025 yilda androidlar sotiş böyiça dunyoda yetakçi böldi. 2023 yilda Şanxayda taşkil etilgan kompaniya ötgan yili 5168 dona robot sotgan bölib, dunyodagi sotuv hajmining 39 foizi uşbu brend uluşiga töğri keladi.

Ikkinçi örinni Xitoyning yana bir kompaniyasi - Unitree egalladi. Xançjou şahrida joylaşgan kompaniya 4,2 ming dona android sotgan. Unitree kompaniyasining jahon bozoridagi uluşi 32 foizni taşkil etgan.

Yetakçilar beşligidan şuningdek, UBtech (1000 dona, bozordagi uluşi 7 foiz), Leju Robotics (500 dona, 4 foiz) va EngineAI (400 dona, 3 foiz) kompaniyalari örin oldi. Ularning barçasi Şençjen şahrida joylaşgan.

Tesla robotlarining global savdodagi uluşi atigi 1 foizni taşkil etdi. AQŞ kompaniyasi ötgan yili 150 dona android sotgan.

2025 yilda dunyo böyiça 13  ming donaga yaqin odamsimon robotlar sotilgan. Tahlilçilarning fikriça, 2035 yilga borib dunyo böylab yiliga 2,6 mln dona robot sotiladi.