Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel AQŞ prezidenti Donald Trampning Kuba Vaşington bilan “keç bölmasdan oldin” kelişuv tuzişi kerakligi haqidagi sözlariga keskin munosabat bildirdi. “Kuba — erkin, mustaqil va suveren mamlakat. Bizga heç kim nima qilişni buyurmaydi”, — deb yozdi Lotin Amerikasi davlati rahbari yakşanba, 11 yanvar kuni X ijtimoiy tarmoğida. “Hamma narsani biznesga, hatto inson hayotini ham tovarga aylantiradiganlar Kubaga heç narsa, mutlaqo heç narsa böyiça körsatma beriş huquqiga ega emas”, — deya qöşimça qildi u.

Dias-Kanelning sözlariga köra, mamlakatdagi oğir iqtisodiy vaziyat “AQŞ bizga (Kubaga — tahr.) oltmiş yildan beri qöllab kelayotgan qattiq izolyatsiya çoralari natijasi bölib, ularni yanada kuçaytiriş bilan ham tahdid qilişmoqda”.

Şu kuni Donald Tramp Truth Social tarmoğida Kuba “köp yillar Venesueladan katta hajmda neft va pul hisobidan yaşab kelgan”, deb yozdi. Uning da’vo qilişiça, bunda Kuba 1999–2013 yillarda Venesuela prezidenti bölgan Ugo Çaves hamda 3 yanvar kuni AQŞ armiyasi maxsus bölinmalari tomonidan qölga olingan Venesuela rahbari Nikolas Maduroga “xavfsizlik xizmatlari”ni körsatgan.

Biroq endilikda vaziyat özgaradi, deya işora qildi Tramp: “Kubaga endi neft ham, pul ham kelmaydi — nol”. “Men ularga (Kuba hokimiyatiga — tahr.) keç bölmasidan oldin kelişuv tuzişni qat’iy tavsiya qilaman”, — deb tahdid qildi Oq uy rahbari. AQŞ prezidenti qaysi kelişuvni nazarda tutayotganini aniqlaştirmagan va Havana uçun oqibatlar mohiyatini ham oçiqlamagan.

“Kuba heç qanday mamlakatga körsatgan xavfsizlik xizmatlari uçun pul yoki moddiy mukofot olmagan va heç qaçon olmaydi”, — deb ta’kidladi Kuba taşqi işlar vaziri Bruno Rodriges 11 yanvar kuni X'dagi mikroblogida.

“AQŞdan farqli ölaroq, bizda boşqa davlatlarga nisbatan yollanmaçilik, şantaj yoki harbiy bosim bilan şuğullanadigan hukumat yöq, — deyiladi keyingi jumlalarda. — Boşqa har qanday mamlakat kabi, Kuba ham yonilğini eksport qilişga tayyor va AQŞning bir tomonlama majburlovçi çoralariga aralaşuvsiz yoki böysundirilmasdan, savdo munosabatlarini rivojlantiriş huquqini amalga oşirayotgan bozorlardan yonilği import qilişga mutlaq huquqqa ega”.

Reuters agentligining qayd etişiça, sönggi haftalarda Vaşingtonning Kubaga nisbatan ritorikasi sezilarli darajada qat’iylaşgan. “Trampning Kubaga bosimi — mintaqaviy davlatlarni AQŞ pozitsiyasiga mos harakat qilişga majburlaşga qaratilgan sa’y-harakatlaridagi navbatdagi keskinlaşuv bosqiçidir, — deydi jurnalistlar. — Bu Tramp ma’muriyatining Ğarbiy yarimşarda ustunlikka erişiş böyiça ambitsiyalari jiddiyligini körsatadi”.