Buyuk Britaniya Ukraina uçun yangi taktik ballistik raketalar işlab çiqadi — ular Rossiya hujumiga uçragan mamlakatning öt oçiş qudratini oşiradi hamda unga “Putinning harbiy maşinasidan özini himoya qiliş”ga yordam beradi. Şunday bayonot Buyuk Britaniya hukumati tomonidan yakşanba, 11 yanvar kuni e’lon qilindi.
Bayonotdan kelib çiqişiça, Nightfall deb nomlangan loyiha doirasida yaratiladigan bu raketalar 200 kg oğirlikdagi yadrosiz jangovar qismni olib yura oladi va 500 kmgaça masofadagi nişonlarga zarba bera oladi.
“Loyihaning maqsadi — innovatsiyalar, ösiş va 2026 yilda Ukrainaga yordamni kuçaytirişni qöllab-quvvatlagan holda, Buyuk Britaniyaning mudofaa sanoati rivojini rağbatlantiriş”, — deyiladi London bayonotida.
Qayd etilişiça, Nightfall raketalarini turli transport vositalaridan işga tuşiriş mumkin böladi; şuningdek, qisqa vaqt içida bir neça raketani tezda uçirib, bir neça daqiqada joyni tark etiş imkoniyati ham böladi. Buyuk Britaniya hisobiça, bu Ukrainaga Rossiya qöşinlari javob qaytarişga ulgurmasidan oldin RFdagi muhim harbiy nişonlarga zarba beriş imkonini yaratadi.
Bir raketa uçun maksimal narx 800 000 funt sterlingdan oşmasligi kerak (922 000 yevro). London oyiga 10 ta şunday tizim işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.
Buyuk Britaniya hukumati tenderda ğolib çiqqan uçta sanoat jamoasiga har biri uçun 9 mln funt (10,4 mln yevro) hajmidagi şartnoma ajratib, ilk uçta raketani işlab çiqiş va yetkazib berişni közlamoqda. Ular sinov parvozlari uçun möljallangan bölib, 12 oy içida ötkazilişi kerak.

















