Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘ynoqda yangi quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi aniqlandi
Ustyurt mintaqasidagi “Mo‘ynoq” koni yaqinida joylashgan Shagirlik-quyi yura 2-sonli izlov qudug‘ida sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi qayd etildi.
Foto: Videodan kadr
Ushbu maydon Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tasarrufidagi “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM tomonidan 3D seysmik qidiruv ishlari ma’lumotlari asosida chuqur izlov burg‘ilashga tayyorlangan.
Ma’lum qilinishicha, quduq Jamiyat va uning tarkibida faoliyat olib borayotgan Loyiha boshqaruv ofisi mutaxassislari tomonidan burg‘ilangan. Qayd etilishicha, ushbu ofis davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, xorijdagi zamonaviy kompaniyalarda neft-gaz yo‘nalishida ishlab, mamlakatga jalb etilgan malakali mutaxassislar guruhidan tashkil topgan.
2026 yil 10 yanvar kuni quduq tubi quyi yura qatlamlarida 5265 metr chuqurlikkacha burg‘ilanib, 5265–5061 metr oralig‘ida tabiiy gaz uyumlari aniqlangan.
Quyi yura qatlamlarining geologik tuzilishini o‘rganish hamda aniqlangan gaz uyumlarining tarqalish chegarasini belgilash maqsadida mazkur maydonda navbatdagi 3 va 4-sonli izlov-qidiruv quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
11:12 / 21.04.2026
Gaz uchun qancha to‘laysiz va to‘lov qanday hisoblanadi?
22:27 / 14.04.2026
Prezident neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashni buyurdi
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
09:27 / 07.04.2026