Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekneftgaz» AJ faoliyatining kelgusidagi vazifalari va rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Taqdimotda «Özbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati oldida turgan eng asosiy vazifa tabiiy gaz zaxiralarini oşiriş va qazib çiqariş hajmlarini köpaytiriş ekani qayd etildi. Kompaniya kunlik gaz qazib çiqariş hajmini 66 million kub metrdan 70 million kub metrga köpaytiriş, bu yil kamida 25,4 milliard kub metr gaz qazib çiqariş çoralarini körişi zarurligi ta’kidlandi.

Gaz zaxiralarini östiriş uçun yangi istiqbolli investitsiya bloklarini şakllantiriş, investorlarga berilgan ayrim maydonlarda esa işlarni jadallaştiriş va samaradorligini oşiriş zarurligi körsatib ötildi.

Nafta işlab çiqariş hozirda quvvatning 70 foizida amalga oşirilayotgani, mahsulot esa 50 foiz arzon narxlarda eksport qilinayotgani körsatib ötildi. Naftadan polimer mahsulotlari işlab çiqarilsa, qöşilgan qiymatni 6 karra oşiriş imkoniyati borligini hisobga olib, mavjud quvvatlarni töliq işlatiş çoralarini köriş topşirildi.

Yiğilişda neft-gaz sohasida öğrilik va korrupsiya holatlariga qarşi kuraşiş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Sohadagi korrupsion xavflarni oldini oliş maqsadida «Özbekneftgaz» tuzilmasida raisning alohida örinbosari lavozimi kiritilib, komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat xizmati taşkil etildi. Tizimdagi har qanday noqonuniy holatni tezkor aniqlaş va oldini oliş böyiça samarali tizim yaratiş vazifasi qöyildi.

Prezident neft-gaz sohasida transformatsiyani çuqurlaştiriş, gaz zaxiralari va qazib oliş hajmlarini oşiriş, moliyaviy intizomni kuçaytiriş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.