Eronning sönggi şohi Rizo Pahlaviyning katta öğli ommaviy norozilik namoyişlari fonida Eronga qaytişga tayyor ekanini bildirdi va “hal qiluvçi” paytda AQŞ rahbariyatini harakatga çaqirdi. Pahlaviy yakşanba, 11 yanvar kuni Fox News telekanalida namoyiş etilgan Sunday Morning Futures dasturida çiqiş qildi.

“Siz öz merosingizni tinçlik va yovuz kuçlarga qarşi kuraşga sodiq inson sifatida allaqaçon mustahkamlab qöygansiz”, — dedi şohning öğli Oq uy rahbariga murojaat qilib. “Eronda odamlar köçalarni sizning şarafingizga qayta nomlayotganining sababi bor. Ular (eronliklar — tahr.) siz Barak Obama yoki Jo Baydenning mutlaqo teskarisi ekaningizni biladi. Ular (norozilar — tahr.) siz ularni avvalgidek e’tibordan çetda qoldirmasligingizni biladi”, — deb qöşimça qildi u.

Donald Tramp 10 yanvar kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi postida norozilik namoyişlari iştirokçilarini qöllab-quvvatlaşini yana bir bor bildirdi. Şuningdek, u 9 yanvardagi matbuot anjumanida ham Eron rejimi keng kölamli zöravonlikka qöl ursa, AQŞ qat’iy javob berişini takrorladi. “Biz ularning eng oğriqli joyiga juda qattiq zarba beramiz. Bu qöşin kiritiş degani emas, ammo eng oğriqli joyiga juda, juda qattiq zarba berişni anglatadi”, — dedi Tramp.

Pahlaviy Trampning oçiq qöllab-quvvatlaşi norozilarni ruhlantirganini aytdi va hozirgi paytni millatni “ozod qiliş” uçun “hal qiluvçi palla” deb atadi.

“Umid qilamanki, biz bu merosni Eronni ozod qiliş orqali abadiy mustahkamlay olamiz, şunda biz ham, siz ham yana Eronni buyuk qilamiz. Keling, bu işda birlaşaylik va mamlakatlarimiz hamda xalqlarimiz uçun yaxşiroq kelajak yaraylik”, — dedi u AQŞ prezidentiga murojaat qilib.

“Bu — bizga berilgan imkoniyat. Men ilk imkoniyat tuğilişi bilan Eronga qaytişga tayyorman. Men bu qadamni va ötiş davri uçun jamoani allaqaçon rejalaştiryapman. Faqat bu gal Eron xalqi ğalaba qozonişidan umid qilamiz — va u albatta ğalaba qozonadi, çunki men eronliklar bu iş uçun ölişga tayyor ekanini bilaman, men ham şundayman”, — dedi şohning katta öğli.

Şu orada, The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi xabar berişiça, Tramp 13 yanvar kuni Erondagi noroziliklar fonida AQŞ ixtiyoridagi harakat variantlari böyiça ma’lumot oladi. Uçraşuvda keyingi ehtimoliy qadamlar — jumladan, harbiy zarbalar, kiberqurol qöllaş, qöşimça sanksiyalar, şuningdek, muxolifatni qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilinadi, deb aniqlik kiritgan naşr. Reuters agentligi esa uçraşuvda Trampning yuqori lavozimli maslahatçilari qatnaşişini qayd etdi.