Hafta boşida ob-havo issiq böladi, örtalaridan esa qöşni Turkmaniston hududlaridan siklon kirib kelişi sabab, 15-16 yanvar kunlari Qaşqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toşkent viloyati hududlariga juda köp yoğingarçilik tuşişi oydinlaşmoqda.

13-14 yanvar kunlari respublika hududlari Turkmanistondan kirib kelayotgan issiq havo oqimi ta’sirida böladi. Uşbu kunlarda janub viloyatlarida havo harorati +20 darajagaça isiydi! 16 yanvar kuni esa köplab viloyatlarda köp miqdorda yoğingarçilik (asosan yomğir körinişida) yoğişi sabab, ayrim hududlarda hatto suv toşqin, suv bosiş hodisalari kuzatilişi mumkin.

Yanvar oyining uçinçi ön kunligida, xususan 21 yanvar kuni respublikaning köplab hududlarida havo harorati keskin pasayişi kutilmoqda. 22 yanvar kuni kunduzgi muddatlarda ham harorat nol darajadan past bölişi kutililmoqda. Aynan yanvarning uçinçi dekadasida sovuq havo oqimlari mintaqaga kirib kelişi, Qoraqalpoğistonning şimoliy tumanlarida ğayritabiiy sovuqliklarni taqdim etişi mumkin.

Oyning eng sovuq kuni ehtimol 25-26 yanvar kunlariga töğri keladi, ayni şu kunlarda poytaxtda tungi minimum harorat qiymatlari -10 darajadan past kuzatilişi taxmin qilinmoqda.