O‘zbekiston | 10:10
1381
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2025 yilda ishdagi baxtsiz hodisalarda 248 ta o‘lim kuzatildi

2025 yilda respublikada 849 ta ishdagi baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. 248 kishi vafot etgan, yana 680 kishi og‘ir jarohatlangan. Eng ko‘p holatlar qurilish sohasida yuz bergan, 432 nafar mansabdorga jinoiy chora ko‘rilgan.

Foto: Shutterstock

Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yildagi hodisalar tarkibi quyidagicha: 50 ta — guruhiy, 583 ta — og‘ir oqibatli, 216 ta — o‘lim bilan yakunlangan.

Hodisalar oqibatida 961 nafar kishi jabrlangan. Jumladan, 680 nafar — og‘ir jarohat olgan, 33 nafar — yengil jarohat olgan, 248 nafar — vafot etgan.

Ko‘rilgan choralar bo‘yicha 432 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, 241 nafarga ma’muriy jarima qo‘llangan.

Ochiq manbalarda keltirilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda mehnat jarayoni bilan bog‘liq 868 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, ularda 974 nafar xodim jarohatlangan, 261 nafar esa halok bo‘lgan.

Shunga ko‘ra, 2025 yil ko‘rsatkichlari 2024 yilga nisbatan: baxtsiz hodisalar soni: 868 → 849 ( –19 ta ), jabrlanganlar soni: 974 → 961 ( –13 nafar ), vafot etganlar soni: 261 → 248 ( –13 nafar ).

Mutasaddilar mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish har bir ish joyida ustuvor vazifa bo‘lishi lozimligini ta’kidlamoqda.

Mavzuga oid