SSV ma’lum qilişiça, 2025 yil 15 dekabrda soha vazirining “Elektron retsept” tizimini joriy etişning keyingi bosqiçma-bosqiç tartibini belgilaşga doir buyruği qabul qilingan. Unga köra, tibbiyot taşkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlaş bosqiçma-bosqiç joriy etilişi belgilangan.

Qayd etilişiça, dastlabki bosqiçda antibiotiklar, tizimli ta’sir etuvçi sintetik antibakterial dori vositalari hamda tizimli ta’sir etuvçi gormonal dori vositalari elektron retsept asosida tayinlanişi va dorixonalarda elektron retsept orqali berilişi tartibi joriy qilingan. Hozirda mazkur dori vositalari amalda aynan şu tartib asosida elektron retsept orqali berib kelinmoqda.

Şuningdek, vazirlik rasmiylaştirgan hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 15 dekabrda röyxatdan ötkazilgani (röyxat raqami 3725) va tartib 2026 yil 15 yanvardan emas, balki buyruq kuçga kirgan 2025 yil 16 dekabrdan boşlab amal qilayotgani ta’kidlandi.