Erondagi hozirgi namoyişlar oldingilaridan qanday farq qiladi?
|17:04 / 13.01.20267 33810 min
Eronda uçinçi haftada davom etayotgan ommaviy norozilik namoyişlari Islom respublikasining 47 yillik tarixidagi misli körilmagan darajaga yetdi. Namoyişçilar Eron hukumati pozitsiyasiga ta’sir körsata oladimi yoki yöqmi, hozirça aniq aytiş qiyin, ammo bu safargi namoyişlar avvalgilaridan farq qilişi aniq.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Namoyişçilarda ramziy bölsa ham, ilk bor yetakçi paydo böldi – u Eronning ağdarilgan sönggi şohining öğli Rizo Pahlaviy. AQŞ esa voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda, prezident Donald Tramp bir neça marta vaziyatga aralaşiş bilan tahdid qildi. Bundan taşqari, ötgan yil iyunida Isroil bilan bölib ötgan uruş hamda AQŞ aviatsiyasi zarbalaridan keyin Eronning mintaqa yetakçisi sifatidagi mavqeyiga jiddiy putur yetgan.
Namoyişlar kölami
Namoyişlar 28 dekabr kuni Tehronda boşlangandi va bir kun ötib boşqa şaharlarga ham tarqaldi. Ommaviy norozilik aksiyalariga narxlar keskin kötarilişi va Eron riyolining AQŞ dollariga nisbatan kursi jiddiy ravişda qulaşi sabab bölgandi: uşbu mamlakatda bir yil içida Amerika valutasi taxminan 80 foizga qimmatlagan.
Iqtisodiy şiorlar örnini tezda siyosiy şiorlar egalladi – köçalarga çiqayotganlar orasida Islom respublikasini butkul tugatiş va monarxiyani tiklaş talablari ham yangray boşladi.
Namoyişlarga aynan qança odam çiqqanini tekşiriş murakkab – xalqaro axborot agentliklariga voqealarni Eron hududidan turib yoritişga ruxsat berilmagan. Bundan taşqari, Eron hukumati namoyişçilarning özaro aloqasini uziş, axborot yiğiş va tarqatişni qiyinlaştiriş maqsadida butun mamlakatda internetni öçirib qöydi. Ammo guvohlar va ekspertlarning turli ma’lumotlariga köra, hozirgi çiqişlar kölami jihatidan avvalgilaridan ança ustun.
Sotsiolog-tadqiqotçi Ali Xursandfarning BBC bilan suhbatda ta’kidlaşiça, mitinglar «köpçilik heç qaçon nomini ham eşitmagan» kiçik aholi punktlarigaça tarqalgan.
2022 yilgi namoyişlar
Ameer Alhalbi/Getty Images
Erondagi oldingi namoyişlar ham ommaviy bölsa-da, bu qadar keng kölamga ega bölmagan. 2009 yilda eronliklar saylovlardagi soxtalaştirişlarga qarşi norozilik bildirib köçalarga çiqqan edi. Öşanda namoyişlarga mağlub nomzodlar boşçilik qilgan, «Yaşil harakat» deb atalgan harakat tuzilgandi. Norozilikning harakatlantiruvçi kuçi örta sinf bölgan. Lekin namoyişlar faqat yirik şaharlar bilan çeklangandi. 2017 va 2019 yillarda bölib ötgan boşqa yirik norozilik namoyişlari esa asosan kambağal hududlar bilan çeklangan.
2022 yilgi norozilik namoyişlari «töğri kiyinmagani» uçun ma’naviyat politsiyasi tomonidan hibsga olingan Mahsa Aminiyning ölimidan keyin boşlangan. Öşanda Eron 1979 yilgi islom inqilobidan beri eng yirik norozilik namoyişlari tölqinini boşdan keçirdi, ammo oxir-oqibat hukumat tomonidan bostirildi.
Mavzuga oid
Ramziy yetakçi
2022 yilgi namoyişlarning yetakçisi yöq edi va şuning uçun ular tezda tarqalib ketadi. Hozir esa namoyişlarga xorijdagi şaxslar rahbarlik qilişga va harakatlarni muvofiqlaştirişga harakat qilmoqda. Şunday rahnamolardan biri 1979 yilda taxtdan ağdarilgan şohning öğli Rizo Pahlaviydir. Norozilik namoyişlar hamon davom etayotgani uning murojaatlari bilan ham boğliq.
Hozirgi noroziliklar kontekstida quvğindagi Rizo Pahlaviy muhim şaxs böldi. Biroq, tahlilçilar aytişiça, namoyişçilar uni hukmdor sifatida körişni istaşmaydi.
«Uşbu norozilikning asosiy farqi şundaki, tizimsiz bölsa-da, bu safar ilk bor namoyişçilarning yetakçisi bor. Bu yetakçilik katta ehtimol bilan ramziy, çunki u Qöşma Ştatlarda ötiribdi va umuman olganda, voqea joyidagi harakatlarni muvofiqlaştira olmaydi. Lekin şunga qaramay, u bor. Va aholini siyosiy harakatga safarbar qila oldi. Ilgari heç qaçon bunday bölmagan», – deydi eronşunos, şarqşunos va «Islamizm ot inoagenta» telegram-kanali muallifi Nikita Smagin.
Pahlaviy faollik bilan eronliklarni köçalarga çiqişga çaqirmoqda va odamlar unga ergaşmoqda. Yoş eronliklar ijtimoiy tarmoqlarda bir-birini namoyişlarda iştirok etişga undamoqda. Köçalarda esa Pahlaviylar sulolasi hokimiyatini tiklaşga çaqirişmoqda.
Tehron kabi şaharlarda bölib ötgan norozilik namoyişlari kölamini Pahlaviy da’vatlarining natijasi deb hisoblaş mumkin.
Tahlilçilar taniqli muxolifat arbobining iştiroki namoyişçilarning bir qismida hozirgi hukumat qulagan taqdirda, ehtimoliy muqobil mavjudligi haqidagi fikrni kuçaytirganini qayd etadi.
Şu bilan birga, boşqa ekspertlar Pahlaviyni qöllab-quvvatlaşning bu körinişlari eronliklar monarxiyani tiklaşni xohlayotganini anglatmaydi, deb hisoblaydi.
Bu köproq diniy boşqaruv örniga kelişi mumkin bölgan har qanday muqobil boşqaruvga bölgan kuçli ehtiyojning ifodasi, ayniqsa mamlakatda közga köringan dunyoviy muxolifat yetakçilari yöqligi fonida.
«Diktatorga ölim»
2022 yilda bölgani kabi namoyişçilar uçun muayyan sabab bor – ammo noroziliklar çuqur tizimli özgarişlarni talab qilişga aylandi.
Mutaxassislar aytişiça, hozirgi namoyişlar kölami va tarqalişi böyiça misli körilmagan darajada.
«2022 yilgi harakat „ayollar masalasi“dan boşlangandi. Lekin unda boşqa noroziliklar ham öz ifodasini topdi... 2025 yil dekabrdagi norozilik namoyişlari bir qaraşda iqtisodiy köringan muammolar bilan boşlandi, ammo juda-juda qisqa vaqt içida yanada jiddiyroq talablar kötarib çiqildi», – deydi sotsiolog Xursandfar.
Dekabr oyi oxirida Tehron markazidagi bozor sotuvçilari Eron kursi riyol kursining Amerika dollariga nisbatan keskin qulaşiga javoban iş taşlaş e’lon qilişdi. Namoyişlar mamlakat ğarbidagi eng qaşşoq hududlargaça tarqaldi. 2022 yilda bölgani kabi Ilam va Luriston viloyatlari namoyiş öçoqlaridan biriga aylandi.
Yil oxiriga kelib minglab kişilar köçalarda edi – va millionlab eronliklar – şu jumladan örta sinf vakillari – oğir iqtisodiy inqiroz va narxlar şitob bilan ösişiga duç kelişdi.
Şarqşunos Nikita Smagin Eron hukumatining asosiy muammolari qatorida iqtisodiyotni tilga oladi va odamlar hozirgi hukumatga işonmay qöyganini aytadi: «Sönggi sakkiz yil içida aholining rejali, izçil qaşşoqlaşuvi kuzatilmoqda. Hukumat iqtisodiy farovonlikni, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydigan modelni yarata olmadi».
Köçalarda marş qilib ötayotganlar «Diktatorga ölim!» deb hayqirib, Eronning oliy rahbari Ali Xominaiy va uning boşqaruvidagi rejimni hokimiyatdan çetlatişni talab qilmoqda.
Trampning tahdidlari
Bu safargi namoyişlarni 2022 yilgisidan farqlovçi yana bir omil – AQŞdir.
Tramp ittifoqçilarining bir qismini yöqotgan Eronga zarbalar bilan tahdid qilmoqda
Chip Somodevilla/Getty Images
Oldingi namoyişlardan farqli ölaroq, bu safargi namoyişçilar Oq uy tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Donald Tramp namoyişçilar öldirilişi davom etadigan bölsa, bir neça bor hukumat kuçlarining pozitsiyalariga hujum qiliş bilan tahdid qilgan – bunaqasi ilgari kuzatilmagandi.
2009 yilda, prezidentlik saylovlaridagi soxtalaştirişlarga qarşi norozilik bildirib çiqilganida, namoyişçilar şunday hayqirişgandi: «Obama, Obama, sen yoki ular bilan, yoki biz bilan!» Öşa vaqtda AQŞ prezidenti bölgan Barak Obama keyinroq namoyişçilarni oçiqroq qöllamaganidan afsuslanişini aytgandi.
Eron prezidenti Ma’sud Pizişkiyon namoyişçilar «Eron duşmanlari» tomonidan manipulyatsiya qilinayotganini aytdi.
Ammo Eron hukumatining muammosi şundaki, hozirda mamlakatning ittifoqçilari safi siyraklaşgan va Eronning mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biri sifatidagi maqveyiga jiddiy putur yetgan.
Ular muhim hamkorlaridan ayrildi: Başar Asad Suriya prezidenti lavozimidan ağdarildi, Livandagi «Hizbulloh» harakati Isroilning harbiy zarbalari tufayli ança zaiflaşgan.
Hukumat hali ham mamlakatda ma’lum bir qöllab-quvvatlovga ega bölişiga qaramay, namoyişçilarning asosiy talablaridan biri – Eron oliy rahbari Ali Xominaiy boşçiligidagi tuzumni ağdariş bölmoqda.
Foto: Morteza Nikoubazl/NurPhoto via Getty Images
Millatni birlaştiriş uçun boy berilgan imkon va yangi norozilik namoyişlari xavfi
Hozirgi namoyişlardan yarim yil oldin Isroil bilan 12 kunlik uruş, undan keyin Amerika va Isroil aviatsiyasining Eron böylab bergan zarbalari bölib ötgandi.
Jurnalist Abbos Abdiyning fikriça, Eron hukumati uşbu voqealardan keyin imkoniyatdan foydalanib, aholi orasida birdamlik va hamjihatlik tuyğusini şakllantira olmadi.
Ba’zi ekspertlar fikriça, qurolli kuçlarga berilgan bunday jiddiy zarba Eron xalqi köz öngida Islom inqilobi muhofizlari korpusining mamlakatdagi asosiy harbiy institut sifatidagi obrösi va nufuzini yöq qildi.
Sotsiolog Xursandfar 2022 yil voqealari çoğida odamlar xulq-atvorida röy bergan özgarişlar hozirgi norozilik namoyişlariga ham turtki bölayotganini qayd etadi: uç yil oldingi intervyuda köplab ayollar unga asosiy yutuq sifatida repressiv davlat oldidagi qörquvdan xalos bölganliklarini keltirişgan.
Eronşunos Nikita Smagin hozirgi norozilik namoyişlari yaxşi boşqaruvga ega emasligi tufayli ular hukmron rejimni ağdarişidan köra, hukmron rejim ularni bostirişi imkoniyati köproq ekanini aytadi. Ammo, ekspertning sözlariga köra, hozirgi namoyişlar bostirilgan taqdirda ham, yangi namoyişlar özini uzoq kuttirmaydi.
«Namoyişlar yana yangi kuç bilan alanga olişi mumkin. Rasmiylar aholining taxminan 80 foizi özini nafaqat yoqtirmaydigan, balki nafratlanadigan va töğridan töğri qattiq nafratlanadigan mamlakatda yaşaşda davom etişi kerak böladi», – deydi ekspert Islom respublikasidagi tizimli inqiroz haqida.