Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda Cobalt piyodalar yölagida piyodani urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Kun.uz holatga aniqlik kiritdi. 

Ma’lum bölişiça, YTH 2025 yil 7 dekabr kuni soat 19:20 lar atrofida Jizzax şahri hududida sodir bölgan. 2000 yilda tuğilgan Ş.Ş. otasiga tegişli Cobalt maşinasini boşqarib ketayotib, piyodalar yölagidan ötayotgan 2008 yilda tuğilgan M.M.ni urib yuborgan. 17 yoşli qiz bu paytda maktabdan çiqib, yaşaş uyiga qaytayotgan bölgan.

YTH oqibatida oğir tan jarohati olgan piyoda şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Biroq körsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u 20 dekabr kuni vafot etgan.

Jizzax viloyati IIBning rasmiy munosabatiga köra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Haydovçi belgilangan tartibda uşlangan. Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda ikkita yuk maşinasi töqnaşuvida bir kişi halok bölgandi.