Eron bilan savdo qiladigan barça mamlakatlar uçun AQŞ tomonidan 25 foiz miqdorda bojlar joriy etiladi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni, 12 yanvar keçqurun Truth Social ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi. “Şu vaqtdan e’tiboran Eron Islom Respublikasi bilan biznes olib borayotgan har qanday mamlakat AQŞ bilan amalga oşiradigan barça tijoriy operatsiyalarda 25 foiz miqdorda boj tölaydi. Uşbu farmon yakuniy bölib, şikoyat qiliş mumkin emas”, — deyiladi xabarda.
Bloomberg agentligi ma’lumotlariga köra, Islom Respublikasining eng muhim savdo şeriklari qatoriga, xususan, Hindiston, Xitoy va Turkiya kiradi. Bu prezidentning şunday usullarga murojaat qilişi bilan boğliq birinçi holat emas: Ukrainaga qarşi uruş olib borayotgan Rossiyaga bosim ötkaziş maqsadida Tramp Hindistonning Rossiya neftini xarid qilişi sabab Hindistondan keladigan tovarlarga 50 foizlik bojlar ham joriy etgan edi.
Avvalroq Donald Tramp Oq uy va AQŞ harbiylari Eronda namoyişçilarni qöllab-quvvatlaş uçun harakat variantlarini tahlil qilayotganini aytgan. “Harbiylar vaziyatni örganmoqda, biz ayrim juda qat’iy variantlarni körib çiqyapmiz”, — dedi u jurnalistlarga, şu bilan birga u “Eron muxolifati rahbarlari bilan aloqada” ekanini qöşimça qildi.
Tramp matbuot kotibi Kerolayn Levittning aytişiça, prezident Eronga qarşi har qanday harakatni — namoyişlarni şafqatsiz bostiriş sababli körib çiqmoqda, jumladan havo zarbalarini ham, biroq “birinçi variant” sifatida diplomatiyani köradi.
11 yanvar kuni Tramp Eron rahbariyati undan muzokaralar ötkazişni söraganini bildirdi. “Eron rahbarlari qönğiroq qildi... Ular muzokara olib borişni xohlamoqda”, — dedi u Air Force One samolyoti bortida jurnalistlarga hamda “uçraşuv taşkil etilyapti”, deya qöşimça qildi. Biroq “ehtimol, uçraşuvgaça harakat qilişimizga töğri kelişi mumkin”, — dedi u, tafsilotlarni aniqlaştirmasdan. Tehronda hozirça AQŞ prezidentining bayonotlari izohlanmadi.
Norvegiyada joylaşgan Iran Human Righs (IHR) huquqni himoya qiliş taşkiloti ma’lumotlariga köra, 12 yanvarga kelib, Eron hokimiyati namoyişlarni bostiriş vaqtida kamida 648 nafar inson öldirilgan, ular orasida töqqiz nafar voyaga yetmagan ham bor. Biroq ayrim baholarga köra, halok bölganlar soni 6000 nafardan ham oşişi mumkin, deb aniqlik kiritdi taşkilot. Eronda internet 100 soatdan ortiq vaqtdan beri bloklangani sabab “bu xabarlarni mustaqil ravişda tekşiriş nihoyatda qiyin”, deya ta’kidladi huquq himoyaçilari. Ularning baholaşiça, taxminan 10 000 kişi hibsga olingan.













