Ekologiya qömitasi huzuridagi Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi 2025 yil davomida amalga oşirgan işlar sarhisobini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, respublikada mavjud 9 452 ta mahallada yaşovçi 37,5 mln nafar aholining mahalla kesimida 8 105 tasi, aholi kesimida esa 23,9 mln nafari sanitar xizmat bilan qamrab olingan.
Ma’lumotlarga köra, 2025 yil yakunida 15,1 mln tonna maişiy çiqindi hosil bölgan. Aholi tomonidan körsatilgan xizmatlar uçun 1 trln 304 mlrd söm tölov qoplangan. Şu bilan birga, körsatilgan xizmatlardan aholining debitor qarzdorligi 622,7 mlrd sömni taşkil etgan.
Şuningdek, haqiqatda körsatilmagan xizmatlar uçun hisoblangan 211,9 mlrd söm noreal debitor qarzdorliklar elektron tizimdan çiqarilgani ma’lum qilindi. “Toza Makon” yagona elektron billing tizimi esa uzluksiz işga tuşirilgan.
Infratuzilmani kengaytiriş doirasida 6 ta hududda ekosanoat zonalari, 11 ta hududda jami 14 ta qayta yuklaş punktlari taşkil etilayotgani qayd etildi.
Agentlik ma’lum qilişiça, Andijon, Qaşqadaryo, Namangan, Samarqand, Toşkent va Farğona viloyatlarida çiqindilarni termik usulda qayta işlaş orqali elektr energiyasi oluvçi zavodlar barpo etilmoqda. Toşkent şahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida esa tibbiyot çiqindilarini yoqiş hisobiga issiqlik energiyasi işlab çiqariş loyihasi amalga oşirilmoqda.
Texnika va nazorat çoralari doirasida sanitar tozalaş korxonalariga 79 ta çiqindi taşiş texnikasi va 220 ta konteyner topşirilgan. Şuningdek, 3 230 ta maxsus çiqindi taşiş texnikasiga GPS qurilmasi örnatilgan.
Ma’lum qilinişiça, 113 ta sanitar tozalaş korxonasi faoliyatining samaradorlik körsatkiçlari baholab borilgan, jismoniy va yuridik şaxslarning sohaga doir 21 300 ta murojaati örganilgan.
Jami 100 gektar maydonga yaqin 23 ta qattiq maişiy çiqindi poligoni faoliyati töxtatilgani qayd etildi.












