Texnologiya | 16:30
768
1 daqiqa o‘qiladi

Insta360 yangi Link 2 Pro veb-kamerasini taqdim etdi

Bu kamera odamni o‘zi kuzatib, harakatiga qarab buriladi. U strimerlar, geymerlar va masofadan ishlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.

Kamera 4K formatda yozadi, kam yorug‘likda ham aniq ko‘rsatadi va ichida shovqinni kamaytiruvchi mikrofonlar bor. Eng qiziq tomoni esa u maxsus mexanizm orqali inson qayerga yursa, o‘sha tomonga o‘giriladi.

Bundan tashqari, u gapni matnga aylantirib subtitr chiqaradi, xorijiy tilni tarjima qiladi va videoqo‘ng‘iroqdan keyin qisqa xulosa ham tayyorlaydi. Fonni avtomatik o‘zgartirish, yuzlarni xiralashtirish kabi funksiyalar ham bor.

Link 2 Pro narxi 249 dollar. Oddiyroq, burilmaydigan versiyasi esa 199 dollar turadi. Savdolar allaqachon boshlangan.

  • Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.